calendar 22 Jul 11:19
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Minglab namoyishchilar Netanyaxuni AQSHga bormaslikka chaqirdi

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning AQSHga ketishidan bir kun oldin Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroportida minglab kishilar namoyishga chiqdi. Bu haqda kecha, 21 iyul kuni Isroilning “Times of Israel” gazetasi xabar berdi.

Namoyishchilar Bosh vazirni HAMAS G‘azo sektorida garovga olingan isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishilmaguncha Vashingtonga uchmaslikka chaqirdi. Xabar qilinishicha, namoyishchilar orasida o‘g‘irlab ketilgan isroilliklarning qarindoshlari ham bo‘lgan.

Isroil Bosh vaziri bugun, 22 iyul kuni AQSH poytaxtiga borishi rejalashtirilgan. Shu kuni Netanyaxu AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashishi, shuningdek, Kongress oldida nutq so‘zlashi kutilmoqda.

DPA xabariga ko‘ra, Isroil garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha HAMAS bilan bilvosita muzokaralarning yangi bosqichi uchun Qatarga delegatsiya yuborishga qaror qilgan.  Delegatsiya 25 iyul kuni Qatar poytaxti Dohaga jo‘nab ketadi va unga Isroil razvedka agentligi “Mossad” direktori David Barnea boshchilik qiladi. OAV xabariga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri o‘zining eng yaqin maslahatchilari bilan bir necha soatlik maslahatlashuvlardan so‘ng ushbu delegatsiyani yuborishga qaror qilgan.

DPA ma’lumotlariga ko‘ra, Barnea o‘tgan hafta Qatarga uchishi kerak edi, ammo uning safari qoldirildi.

Shuningdek, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Byorns G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish uchun Dohaga borishi ma’lum qilindi.

Qatar va AQSH Misr bilan birga bu muzokaralarda vositachilik qilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 10:36
 
63
0
qalampir.uz

Urushning eng og‘ir bosqichi yil oxirigacha tugashi mumkin – Zelenskiy

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2024 yilning oxirigacha urushning qiyin davri yakunlanishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda Prezident BBC'ga bergan intevyusida so‘z ochdi. “O‘ylaymanki, agar biz hamjihatlikda harakat qilsak va tinchlik sammiti formatiga amal qilsak, urushning qizg‘in bosqichiga yil oxirigacha barham berishimiz mumkin”, deydi Ukraina rahbari. Zelenskiy, shuningdek, rasmiy Londonni Rossiya hududidagi zarbalar bo‘yicha cheklovlarni olib tashla

23 Jul 11:31
 
87
0
qalampir.uz

Imron Xonning partiyasi yetakchisi ham hibsga olindi

Pokiston politsiyasi Adiala qamoqxonasida jazo o‘tayotgan sobiq bosh vazir Imron Xon tomonidan asos solingan “Adolat harakati” partiyasi raisi vazifasini bajaruvchi Gohar Ali Xonni hibsga oldi. Bu haqda partiya vakiliga tayanib, “Reuters” xabar berdi. Muxolifat partiyasi rahbarining hibsga olinish sabablari hozircha aytilmagan. Avvalroq hukumat sobiq hukmron partiya faoliyatini taqiqlash, shuningdek, Xon va sobiq prezident Arif Alviga xiyonat, xususan, ularni

26 Jul 18:41
 
74
0
qalampir.uz

Rossiyalik deputatlar Putinni Olimpiya sulhiga chaqirdi

Rossiyalik deputatlar Parijdagi Olimpiya o‘yinlari vaqtida Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha sulhga chaqirdi. Bu haqda ular kecha, 25 iyul kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Rossiya Federatsiyasi siyosiy rahbariyatiga ochiq xat yo‘lladi. Murojaatni 40 ga yaqin deputat imzolagan. Qayd etilishicha, deputatlar shaxsan Putinni “tinchlik va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik”ni namoyish etishga chaqirib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2000 yil 8

26 Jul 10:21
 
47
0
xs.uz

“Oʻzga sayyoralik”lar sigaret qoldiqlarini tozalash bilan shugʻullanadi (+Video)

Genuyadagi Italiya texnologiya instituti tadqiqotchilari plyajlar va bogʻlarda sigaret qoldiqlarini tozalashga yordam beradigan innovatsion robotni ishlab chiqdi.'VERO' deb nomlangan robot yurish paytida sigareta qoldiqlarini vakuumli oyoqlari yordamida soʻrib oladi va atrof-muhit tozaligiga hissa qoʻshadi.Qayd etilishicha, 'VERO' 'Unitree' kompaniyasining 'AlienGo' platformasi asosida qurilgan va shu sababli ham ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu robotlarni 'oʻzga sayyoralik' deb ha