“Sharqiy frontda oʻzgarish bor” — Xitoy va Filippin kelishuvga erishgan boʻlishi mumkin

Maʼlumki, Ikkinchi Tomas Shoalga har ikki davlat daʼvo qilib kelmoqda. Soʻnggi qarama-qarshiliklarda Xitoy qirgʻoq qoʻriqlash xizmati Filippin forpostiga taʼminotni toʻsib qoʻygan edi. Shartnoma keskinlikni yumshatish va kelishmovchiliklarni muloqot orqali hal qilishga umid beradi.
Xitoy tomoni hali bu kelishuv haqida ochiqchasiga izoh bermadi. Tomas Shoal Filippinning gʻarbiy Palavan orolidan taxminan 200 kilometr va Xitoyning Xaynan orolidan 1000 kilometr uzoqroq masofada joylashgan. Amerika Qoʻshma Shtatlari, Yaponiya va Avstraliya kabi ittifoqchilar Xitoyning agressiv harakatlarini qoralab, Janubiy Xitoy dengizida qonun ustuvorligini taʼminlashga chaqirib keladi.
Tarixan Xitoy deyarli butun Janubiy Xitoy dengiziga daʼvo qiladi va bir qancha boshqa mamlakatlarning eksklyuziv iqtisodiy zonalarini tan olishdan boʻyin tovlab keladi. 2016-yilda xalqaro tribunal Filippin foydasiga qaror chiqarib berganiga qaramay, Pekin Ikkinchi Tomas Shoalga boʻlgan intilishidan voz kechmay, bu qarorni qabul qilishdan bosh tortib kelmoqda.
Bitim muvaffaqiyatli amalga oshiriladimi yoki u maʼlum bir muddat uchun tuzilganmi? Bu savollarga hozircha aniq javob yoʻq. Shunga qaramay, 'sharqiy front'da kelishuv mujdalarini paydo boʻlishi quvonarli holat sifatida qabul qilinyapti.
'Ikkala tomon ham oʻzaro kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun muloqot va maslahatlashuv muhimligini tan oladilar', deb yozadi nemis nashri.
Avvalroq, Donald Tramp Jo Baydenning prezidentlik poygasidan chiqishiga munosabat bildirgandi.
Buyuk Britaniya 4 kunlik ish haftasiga oʻtishi mumkin
200 ta Buyuk Britaniya kompaniyasi oʻz xodimlarining amaldagi ish haqini saqlab qolgan holda 4 kunlik ish haftasiga oʻtishini maʼlum qildi. Bu haqda 'The Guardian' nashri xabar qildi.'4 Day Week Foundation'ning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 5000 dan ortiq kishi faoliyat olib boradigan ushbu kompaniyalarning aksariyat qismini xayriya tashkilotlari, marketing va texnologiya firmalari tashkil etadi. Ular 5 kunlik modelni eski iqtisodiy davrdan qolgan va endi undan foydalanish kerak emas,'deb
Bir poyezdan sakrab tushgan 12 kishini boshqa poyezd urib ketdi
Hindiston gʻarbidagi Maxarashtra shtatida poyezddan tushib qolmoqchi boʻlgan 12 kishini qoʻshni yoʻlda harakatlanayotgan boshqa bir poyezd bosib ketdi. Bu haqda CNN nashri'xabar bergan.Aniqlanishicha, yoʻlovchilarga poyezdda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan va oʻnlab odamlar yongʻindan qochmoqchi boʻlib oʻz vagonlaridan sakrashgan. Natijada, qoʻshni yoʻlda harakatlanib kelayotgan boshqa bir poyezdning urib ketishi oqibatida 12 nafar yoʻlovchi halok boʻldi.'Dastlabk
Qurʼon kitobini yoqib eʼtirozlarga sabab boʻlgan shaxs ijtimoiy tarmoqdagi jonli efiri vaqtida otib ketildi
29-yanvar kuni tunda Shvetsiyaning Syodertelye shahri politsiyasiga hududdagi xonadonlardan birida oʻq uzilganligi yuzasidan favqulodda qoʻngʻiroq kelib tushgan. Bu haqida 'Blue News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, politsiya xodimlari zudlik bilan voqea joyiga etib borishgan hamda koʻp qavatli bino xonadonlarining biridan 38 yoshli erkakning jasadini topishgan.Dastlabki tergov maʼlumotlariga koʻra, oʻldirilgan shaxs muntazam Qurʼon kitobini yoqish bilan shugʻullangan Salvan Momika ekan
Trampning tahdidi quruq gapdan boshqa narsa emas — Putin
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina masalasida Putin bilan muzokara oʻtkazish taklifini ilgari surmoqda. Agar Putin ushbu taklifni rad qilsa Tramp Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi 'The Wall Street Journal' nashri.Xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning bu tahdidini quruq gapdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.'Urush mamlakat resurslari va ishchi kuchini quritgan boʻlsada, Kreml sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi va Moskva