calendar 20 Jul 17:57
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

70 ta hokimlikda qayta aloqa tizimi samarasiz tashkil etilgani aniqlandi

image

O‘zbekistonning 70 ta tuman va shahar hokimliklarida qayta aloqa tizimi samarasiz tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tuman va shahar hokimliklaridagi ishonch telefonlarining (Call-markaz) ishchi holatdaligi, ma’lumotlar almashinuvi samaradorligi darajasini o‘rganish maqsadida “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlari o‘tkazilgan.

O‘rganish ishlarida 70 ta tuman va shahar hokimliklarida qayta aloqa tizimi samarasiz tashkil etilgani, xususan, qo‘ng‘iroqlar javobsiz qoldirilgani aniqlangan. Bunday holatlar eng ko‘p Qashqadaryo viloyatida, eng kam holat esa Navoiy viloyatida kuzatilgan. Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati – 11 ta tuman va shahar;
  • Andijon viloyati – 10 ta;
  • Toshkent viloyati – 8 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 7 ta;
  • Xorazm viloyati – 7 ta;
  • Namangan viloyati – 6 ta;
  • Samarqand viloyati – 4 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 4 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 ta;
  • Toshkent shahri – 3 ta;
  • Buxoro viloyati – 2 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 2 ta;
  • Jizzax viloyati – 1 ta;
  • Navoiy viloyati – 1 ta.

Bundan tashqari, o‘rganishlar davomida 9 ta tuman va shahar hokimliklari (Asaka, Xiva, O‘rta Chirchiq, Hovos, Uzun, Sariosiyo tumanlari va Buxoro, Navoiy, Bekobod shaharlari hokimliklari) rasmiy veb-saytlarida ularga tegishli bo‘lgan ishonch telefonlari e’lon qilinmagani aniqlangan. 

Qorovulbozor, Romitan, Shofirkon, Vobkent tumanlari va Buxoro shahar hokimliklarining rasmiy veb-sayti esa ishchi holatda emasligi ma’lum bo‘ldi. Forish, Tomdi, Parkent, So‘x, Qorao‘zak, Xo‘jayli tumanlari va Guliston, Chirchiq shaharlari hokimliklarining telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilinganda, mas’ul xodimlar tomonidan og‘zaki murojaat qoldirish imkoniyati mavjud emasligi ma’lum qilingan.

“Yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish hamda kelgusida ushbu holatlar takrorlanishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha taqdimnomalar kiritildi”, deyilgan xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 19:15
 
97
0
xs.uz

Oʻzbekistonning saylov transformatsiyasi: zamonaviy texnologiyalar orqali demokratiya yanada taʼminlanadi

Bu oddiy bir tadbir emas, millatning demokratik yoʻlidagi muhim bosqichni ifodalaydi, saylov muhitini oʻzgartirishni vaʼda qiladigan yangi oʻzgarishlarni kiritadi. Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʻilishi bir necha asosiy innovatsiyalarni eʼlon qildi, ular katta samaradorlik, shaffoflik va inklyuzivlikni taʼminlaydi, bu saylovlarni jahon manfaatlari mavzusiga aylantiradi.Mamlakat tarixida birinchi marta Qonunchilik palatasiga saylovlar majoritar va proporsional vakillikni bir

26 Jul 10:20
 
31
0
xs.uz

Samarqandda turizm geografiyasini kengaytirish: istiqbol va imkoniyatlar

Samarqand uzoq yillar davomida tarixiy shahar sifatida sayyohlarni jalb etgan boʻlsa, endilikda turizmning boshqa yoʻnalishlari, xususan, ekoturizmni rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratilyapti.Joriy yil boshida Prezident qarori asosida Samarqand tumanida 'Ohalik ' Oqboʻyro ' Mironqul' turistik-rekreatsion zonasini tashkil etishga kirishildi. Hozirgi vaqtda tumandagi uchta hududda yirik qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, 73 million dollarlik 130 ta birlamchi loyiha shak

26 Jul 10:20
 
35
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi kiyim bozorida janjal chiqdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona shahar savdo majmuasi”da tadbirkorlar o‘zaro mushtlashayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, holat kecha, 24 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, bozor ma’muriyati bilan tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, tadbirkorlar o‘ziga belgilab berilgan hudud va do‘konlarda savdo qilishi ko‘rsati

26 Jul 10:20
 
31
0
xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro