calendar 20 Jul 14:18
eye 64
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sirdaryoda 2 ta gaz “zapravka” jami 28,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirladi

image
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida jami 28,4 mlrd soʻmlik gazni oʻgʻirlagan 2 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika va hududiy Shtablar tomonidan Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida energiya resurslarini talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Sirdaryo tumanida joylashgan 'M.G.' MCHJga qarashli AGTKShda jamiyat mansabdor shaxslari 'Avtopilot-Pro' rusumli gazni hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi taʼsir koʻrsatib 20,5 mlrd soʻmlik 8,2 mln kub metr tabiiy gazni oʻgʻirlagan.

Shuningdek, Sirdaryo tumanidagi 'S.A.L.' MCHJga qarashli AGTKShda oʻrnatilgan hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi taʼsir koʻrsatishi oqibatida 7,9 mlrd soʻmlik 3 mln kub metr tabiiy gaz talon-toroj qilingan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi 'a' bandi (Juda koʻp miqdorda oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Dollar kursi ikki kunlik pastlashdan keyin yana koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'40,76'soʻmga koʻtarildi va'12 625,04'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'10,21'soʻmga oshib,'13 686,81'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1, 73'soʻmga koʻtarilib,'146,11'soʻmni tashkil qildi.

24 Aug 17:27
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi, yevro va rubl pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,04 soʻmga oshdi va 12 688,08 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 15,61 soʻmga tushib, 14 106,61 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,86 soʻmga pastlab, 138,20 soʻmni tashkil qildi.

22 Jul 19:59
 
78
0
xs.uz

Andijonda tadbirkorning 3,9 mlrd soʻmlik yoqilgʻisini qoʻlga kiritgan MCHJ aniqlandi

Andijonda tadbirkorning 3,9 mlrd soʻmlik yoqilgʻisini qoʻlga kiritgan MCHJ aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.Unda, 'A.T.' MCHJ rahbari D.Y. (muqaddam sudlangan) F. MCHJ bilan neft mahsulotlari yetkazib berish bo

22 Jul 16:24
 
50
0
xs.uz

Dollar kursi 3 kunlik koʻtarilishdan soʻng yana tushdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'17,00'soʻmga pastladi va'12 593,04'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'4,64'soʻmga tushib,'13 716,34'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0, 54'soʻmga pastlab,'143,82'soʻmni tashkil qildi.