calendar 20 Jul 10:37
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ispaniya terma jamoasi sardori “Milan”ga ko‘chib o‘tdi

image

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata Italiyaning “Milan” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli forvardning “Milan” bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Alvaro Morata “Milan” safida 7-raqamda to‘p tepadi.

Faoliyati davomida Morata “Real”, “Yuventus”, “Chelsi” va “Atletiko” klublarida o‘ynab, jami 506 ta o‘yin o‘tkazib, 172 ta gol urgan. U ikki marta Yevropa Chempionlar ligasi, bir marta UEFA Superkubogi va FIFA klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Alvaro La Liga va A Seriyada ikki marta chempion bo‘lgan.

Ispaniya terma jamoasining amaldagi sardori o‘z terma jamoasi safida 80 ta o‘yin o‘tkazib, 36 ta gol urdi va yaqindagina Yevropa chempionati, undan oldin esa UEFA Millatlar ligasida g‘olib chiqdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi IBAʼni tan olingan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) tan olingan federatsiyalar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda XOQ o‘z qarorida ma’lum qildi. Qaror XOQning Parijdagi sessiyasida qabul qilindi va u bir ovozdan qabul qilindi. XOQ va IBA muammolari 2019 yilda federatsiyaning oldingi rahbarligida boshqaruv, moliya va hakamlik bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelganida paydo bo‘lgan. 2020 yilda rossiyalik Umar Kremlev IBA rahbari bo‘ldi, ammo bu federatsiyaga X

22 Jul 11:47
 
72
0
qalampir.uz

Mahmud Murodovning raqibi va jangi sanasi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodov navbatdagi jangini 21 sentyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchi janglar o‘tkazadigan Octagon MMA promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi. O‘sha kuni Murodov Chexiyaning Brno shahrida tashkil etiladigan Octagon 61 turnir doirasida angliyalik sobiq UFC jangchisi Skott Askxemga qarshi jang qiladi. 36 yoshli Askxem MMA'da 20-6 rekordga ega. Janglarining 12 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. UFC'da oxirgi ma

21 Jul 18:22
 
103
0
qalampir.uz

Messi eng yaxshi sportchilar reytingida yetakchi bo‘lolmadi

XXI asrning eng yaxshi sportchilari reytingida amerikalik suzuvchi Maykl Felps peshqadam bo‘ldi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi reytingda 3-o‘rinni egalladi. Portugaliyalik to‘p ustasi Krishtianu Ronaldu esa top-10'ga ham kira olmadi. 39 yoshli hujumchi 13-o‘rinda qayd etildi. Eng yaxshi sportchilar reytingining kuchli beshligiga tennischi Serena Uilyams, basketbol ustasi Lebron Jeyms va Amerika futboli vakili Tom Bredi kirdi. E’tiborli

26 Jul 14:51
 
103
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekistonlik bokschilarning raqibi aniq bo‘ldi

Kecha, 25 iyul kuni Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistonga eng ko‘p va yuqori probadagi medallar olib kelishi kutilayotgan boks bahslariga qur’a tashlandi va o‘zbek charm qo‘lqop ustalari dastlabki raunddagi raqiblarini bilib oldi. Boks bahslari 27 iyuldan start olib, 10 avgustga qadar davom etadi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi to‘liq tarkibda, ayollar jamoasidan esa 4 nafar bokschi Olimpiada medallari uchun kurash olib boradi. Erkaklar: -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov -