calendar 19 Jul 16:52
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy” ishi. Sud hukmi o‘qildi

image

Bugun, 19 iyul kuni, "Baxti Tashkentskiy" nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va boshqalarga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining raisi Tolibjon Obidov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra:

B. Qudratullayev (1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi, 109-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 168-moddasi 4-qismi “v” bandi, 242-moddasi 1-qismi, 243-moddasi va 276-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan B. Qudratullayev o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Jinoyat kodeksining 96-moddasiga muvofiq B. Qudratullayevga jazoni o‘tash vaqtida giyohvandlikdan davolanishning majburiy choralari qo‘llanilishi belgilandi.

Sh. Qurbonov (1964 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

B. Zafarov (1994 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandi va 168-moddasi 4-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sh. Rahimov (1981 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “v” bandi va 276-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan Sh. Rahimovga jazoni o‘tash vaqtida giyohvandlikdan davolanishning majburiy choralari qo‘llanilishi belgilandi. Tayinlangan ozodlikdan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

A. Xo‘jayev (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi va 165-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil 3 oy 20 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

D. Sharipov (1980 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, v” bandlari nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 14 yil 10 oy 14 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan D. Sharipov o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

A. Mirzaxanov (1972 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sh. Sulaymonqulov (1978 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) va A. Norkulov (1997 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.

S. Xatamov (1991 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga moddiy va mansab lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

N. Jumaniyazova (1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil 4 oy 24 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

R. Shakurov (1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 6 yil 8 oy 14 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan R. Shakurovga giyohvandlikdan davolanishning majburiy choralari qo‘llanilishi belgilandi.

Sh. Qudratullayev (1966 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan Sh. Qudratullayev o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

T. Turmonov (1966 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

F. Vapayev (1988 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 10 oy 18 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

M. Nasirxodjayev (1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 166-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan M. Nasirxodjayev o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

D. Mo‘minxo‘jayev (1991 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) va M. Usmonboyev (1995 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

M. Shodmanov (1969 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

B. Xudoyorov (1984 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan B. Xudoyorov o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

A. Mashrafxonov (1970 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) va V. Qurbanov (1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

A. Maxamadiyorov (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil 6 oy 21 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

A. Jo‘rayev (1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

B. Bakayev (1973 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

I. Qudratullayev (1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

A. Aliyev (1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

J. Soliyev (1992 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

A. Tursunboyev (1995 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

B. Normirzayev (1980 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandi va 168-moddasi 4-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

F. Kamolov (1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan F. Kamalov o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

M. Mirzoyev (1985 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

N. Bahodirov (1965 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

A. Shelyov (1972 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

M. Kurbanov (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi va 168-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

O. Islomov (1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi va 168-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 7 oy 20 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

M. Ibadullayev (1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sud hukmi bilan sudlanuvchilar B. Qudratullayev, A. Xo‘jayev, M. Qurbonov, Sh. Qurbonov, A. Tursunboyev, O. Islomov, A. Maxamadiyorov, A. Mashrafxonov, F. Vapayev, M. Nosirxodjayev, R. Shakurov, D. Sharipov, B. Zafarov, F. Kamalov, Sh. Raximov, A. Shelyov, N. Bahodirov, A. Mirzaxonov, N. Jumaniyazova, I. Qudratullayev, A. Aliyev, J. Soliyev, A. Tursunboyev va B. Narmirzayev jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Bildirilishicha, boshqa jabrlanuvchilar va manfaatdor shaxslarga jinoyat doirasida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlariga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Sudlanuvchilar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hisobiga orttirilgan mol-mulklar tegishli tartibda jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga qaratilishi belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi va jabrlanuvchilar hukm nusxasini olgan kundan boshlab o‘n sutka ichida apellyatsiya tartibida yoki hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng kassatsiya tartibida Toshkent shahar sudiga shikoyat berishi, prokuror protest keltirishga haqliligi ma’lum qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
30
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi ish boshladi

Gʻaniyev 52 yoshda, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda.Yangi elchi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili boʻlib ishlagan. 2018-2023-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2023-yil oktyabr oyid

26 Jul 10:21
 
61
0
xs.uz

Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda

Joriy yil 23-iyul kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Senat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilishi rejalashtiri

27 Jul 13:05
 
116
0
xs.uz

Respublika ruhiy salomatlik markazining vazifalari belgilandi

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:Markaz sogʻliqni saqlashning barcha darajalarida ruhiy salomatlikni taʼminlash yoʻnalishidagi ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.Hujjat bilan amaldagi psixiatriya va narkologiya xizmatlarini hududiy filiallarga qayta tashkil etilishini hisobga olgan holda Markazning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

20 Jul 13:59
 
89
0
xs.uz

Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Jabbor ESHONQULOV, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori, filologiya fanlari doktori, professor.'Dunyoda hech qachon bir xil tong otgan emas'. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Yangi Oʻzbekiston strategiyasi' kitobi muqaddimasi ana shu jumlalar bilan boshlanadi. Juda ham oddiy, hayotiy, biroq odamni oʻylantirib qoʻyadigan chuqur mazmunga ega fikr.Bu jumlalar faqat hayotning abadiyligi, bizni qurshab turgan atrofim