calendar 18 Jul 16:58
eye 83
comments 0
comments Manba: xs.uz

Soʻzim dilda, doʻmbiram qoʻlimda

image
Xalq ogʻzaki ijodining goʻzal va betakror namunasi baxshichilik sanʼati ming yillar davomida oʻz ahamiyatini yoʻqotmadi. Aksincha, yillar mobaynida sayqal topib, madaniy merosimizni boyitib kelmoqda. Bugungi globallashuv zamonida baxshichilik sanʼati eʼtibordan chetda, ustoz baxshilar keksayib koʻp joylarda ushbu tarixiy meros unutila boshlagandi.

2018-yil 1-noyabrda Prezidentimizning 'Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida'gi qarori uni asrab-avaylab yosh avlodga yetkazishga beqiyos hissa qoʻshdi. Ilk bor Surxondaryoda, keyin Nukus shahrida, oʻtgan yili yana Sirdaryoda tashkil etilgan III Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va ijodiy hamkorlikni mustahkamladi.

Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil baxshi, Islom shoir, Poʻlkan shoir, Bola baxshi Abdullayev, Shoberdi Boltayev, Boborayim Mamatmurodov, Abdunazar Poyonov, Qora baxshi Umirov, Shomurod Togʻayev, Qodir baxshi Rahimov, Ziyodulla Islomov, Norbek baxshi Abdullayev, Qalandar baxshi Normetov, Abduqahhor, Abdumurod Rahimov, Safar Shaydilov kabi koʻplab betakror isteʼdod sohiblari baxshichilik sanʼatining sayqal topib rivojlanishi, umrboqiy yashashiga oʻz hissasini qoʻshdi.

Oʻzbekiston Xalq baxshisi Shoberdi baxshi Boltayevning eng yosh shogirdi ' boysunlik Farrux baxshi Nuraliyev ustozlar anʼanasini munosib davom ettirayotgan yosh isteʼdodlardan.

' Baxshichilik sanʼatiga yuksak eʼtibor berilayotgani ulkan muvaffaqiyatlarga erishishimga ilhom bermoqda, ' deydi Farrux baxshi Nuraliyev. ' Bobom Nurali chobogʻon Avazov oʻz vaqtining mashhur uloqchilaridan boʻlgan. Bolaligimdan uloq-koʻpkarida suyagim qotdi. Ot ustida ulgʻaydim. Koʻpkarilarga borganimda qir-adirliklarda davra qurib, Shoberdi baxshi kuylardi. Oʻsha damlarda mazmuniga tushunmasam-da, doʻmbiraning jarangdor nolishi, baxshining boʻgʻiq ovozi sehrlab qoʻyardi. Amakim Shoberdi baxshining uyida sayslik qilardi. Bobom bilan baxshining oilaviy bordi-keldisi quyuq edi. Baxshichilikka qiziqishimni payqab, 3 yoshimdan oʻzining yoniga oldi. Erinmadi, ogʻrinmadi, ketgan vaqtiga qizgʻanmadi. Menga baxshichilik mahoratini qunt bilan oʻrgatdi. Vaqt oqar daryo. Hozir ustozim 80 yoshda. Tez-tez yoʻqlab boraman. Har gal albatta, bitta terma kuylatadi. Haligacha xato-kamchiliklarimni tuzatib turadi.

Bugun Farrux baxshichilik sanʼatida yuksak natijalarni qoʻlga kiritib kelmoqda. U 'Alpomish', 'Goʻroʻgʻli' dostoni turkumiga kiruvchi bir qancha dostonlardan parchalar, shuningdek, doston ijrochiligi yoʻlidagi xalq qoʻshiqlari va termalar kuylab kelmoqda. Oʻzining 'Chavandoz' nomli dostonini ham yaratgan. 2022-yilda 'Yoshlar ovozi' tanlovining Respublika bosqichida baxshichilik yoʻnalishida 2-oʻrinni egalladi. 'Baxshi, oqin va jirovlar' Respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichida 'Eng mohir cholgʻu ijrochisi' nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Bu yilgi 'Yoshlar ovozi' tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

Hozirda Farrux Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutida dostonchilik va baxshichilik yoʻnalishida tahsil olmoqda. Uning orzusi bobomeros qadriyatimizni kelajak avlodga yetkazish, uni jahonga tarannum etishda oʻz hissasini qoʻshishdir. Niyatimiz, u ham ustozlaridek kuy-qoʻshiqlari orqali xalqlar oʻrtasidagi ezguliklarga elchilik qilsin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
11
0
xs.uz

Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. 23-27-avgust kunlari Samarqand shahrida 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans poydevori' xalqaro kongress doirasida 'Yangi Renessans: Merosni saqlashda kino va medianing oʻrni' TURKSOY xalqaro forumi oʻtkazildi.Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida ta

26 Jul 10:20
 
32
0
xs.uz

Oqlanmagan ishonch yoxud erishilgan yutuqlarga mahliyo boʻlishning davri oʻtdi

Mamlakatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan har bir fuqaro, oilaning oʻy va tashvishidan xabardor boʻlish, yillar mobaynida yigʻilib qolgan muammolarning yechimini topish, odamlarning erta yoki yaqin istiqbolda emas, aynan shu kundan eʼtiboran hayotdan rozi yashashini taʼminlash siyosati Qizilqum kengliklarida ham oʻz samaralarini bera boshlaganiga ancha boʻldi.Chunonchi, Prezidentimizning 2017-yil 25-apreldagi 'Navoiy viloyatining olis choʻl tumanlari aholisi turmush darajasini yan

26 Jul 10:20
 
37
0
xs.uz

Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi

Qayd etilishicha, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh yurtdoshimizning 'Megatron' korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik mao

22 Jul 16:12
 
64
0
qalampir.uz

Toshkentga 765 kg qisqichbaqani noqonuniy olib ketayotganlar ushlandi

Toshkentga katta miqdordagi qisqichbaqalarni noqonuniy olib ketayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Kattaqo‘rg‘on suv ombori va YPX xodimlari hamkorligida nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd davomida Bulung‘ur Yuqori nuqta postida dengiz qisqichbaqalari yuklangan yuk tashuvchi transport