calendar 18 Jul 16:58
eye 52
comments 0
comments Manba: xs.uz

Soʻzim dilda, doʻmbiram qoʻlimda

image
Xalq ogʻzaki ijodining goʻzal va betakror namunasi baxshichilik sanʼati ming yillar davomida oʻz ahamiyatini yoʻqotmadi. Aksincha, yillar mobaynida sayqal topib, madaniy merosimizni boyitib kelmoqda. Bugungi globallashuv zamonida baxshichilik sanʼati eʼtibordan chetda, ustoz baxshilar keksayib koʻp joylarda ushbu tarixiy meros unutila boshlagandi.

2018-yil 1-noyabrda Prezidentimizning 'Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida'gi qarori uni asrab-avaylab yosh avlodga yetkazishga beqiyos hissa qoʻshdi. Ilk bor Surxondaryoda, keyin Nukus shahrida, oʻtgan yili yana Sirdaryoda tashkil etilgan III Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va ijodiy hamkorlikni mustahkamladi.

Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil baxshi, Islom shoir, Poʻlkan shoir, Bola baxshi Abdullayev, Shoberdi Boltayev, Boborayim Mamatmurodov, Abdunazar Poyonov, Qora baxshi Umirov, Shomurod Togʻayev, Qodir baxshi Rahimov, Ziyodulla Islomov, Norbek baxshi Abdullayev, Qalandar baxshi Normetov, Abduqahhor, Abdumurod Rahimov, Safar Shaydilov kabi koʻplab betakror isteʼdod sohiblari baxshichilik sanʼatining sayqal topib rivojlanishi, umrboqiy yashashiga oʻz hissasini qoʻshdi.

Oʻzbekiston Xalq baxshisi Shoberdi baxshi Boltayevning eng yosh shogirdi ' boysunlik Farrux baxshi Nuraliyev ustozlar anʼanasini munosib davom ettirayotgan yosh isteʼdodlardan.

' Baxshichilik sanʼatiga yuksak eʼtibor berilayotgani ulkan muvaffaqiyatlarga erishishimga ilhom bermoqda, ' deydi Farrux baxshi Nuraliyev. ' Bobom Nurali chobogʻon Avazov oʻz vaqtining mashhur uloqchilaridan boʻlgan. Bolaligimdan uloq-koʻpkarida suyagim qotdi. Ot ustida ulgʻaydim. Koʻpkarilarga borganimda qir-adirliklarda davra qurib, Shoberdi baxshi kuylardi. Oʻsha damlarda mazmuniga tushunmasam-da, doʻmbiraning jarangdor nolishi, baxshining boʻgʻiq ovozi sehrlab qoʻyardi. Amakim Shoberdi baxshining uyida sayslik qilardi. Bobom bilan baxshining oilaviy bordi-keldisi quyuq edi. Baxshichilikka qiziqishimni payqab, 3 yoshimdan oʻzining yoniga oldi. Erinmadi, ogʻrinmadi, ketgan vaqtiga qizgʻanmadi. Menga baxshichilik mahoratini qunt bilan oʻrgatdi. Vaqt oqar daryo. Hozir ustozim 80 yoshda. Tez-tez yoʻqlab boraman. Har gal albatta, bitta terma kuylatadi. Haligacha xato-kamchiliklarimni tuzatib turadi.

Bugun Farrux baxshichilik sanʼatida yuksak natijalarni qoʻlga kiritib kelmoqda. U 'Alpomish', 'Goʻroʻgʻli' dostoni turkumiga kiruvchi bir qancha dostonlardan parchalar, shuningdek, doston ijrochiligi yoʻlidagi xalq qoʻshiqlari va termalar kuylab kelmoqda. Oʻzining 'Chavandoz' nomli dostonini ham yaratgan. 2022-yilda 'Yoshlar ovozi' tanlovining Respublika bosqichida baxshichilik yoʻnalishida 2-oʻrinni egalladi. 'Baxshi, oqin va jirovlar' Respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichida 'Eng mohir cholgʻu ijrochisi' nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Bu yilgi 'Yoshlar ovozi' tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

Hozirda Farrux Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutida dostonchilik va baxshichilik yoʻnalishida tahsil olmoqda. Uning orzusi bobomeros qadriyatimizni kelajak avlodga yetkazish, uni jahonga tarannum etishda oʻz hissasini qoʻshishdir. Niyatimiz, u ham ustozlaridek kuy-qoʻshiqlari orqali xalqlar oʻrtasidagi ezguliklarga elchilik qilsin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
86
0
qalampir.uz

Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov ko‘chada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotda joriy yil 15 iyuldan Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlanishini aytgan. Unda hukumat qarori bi

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi

Mustaqillik monumenti davlatimiz ozodligi va barqarorligi ramzidir. Unda xalqimizning ko'p asrlik davlatchilik tarixi, buyuk alloma va jahongir bobolarimiz siymolari aks etgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.Prezident Shavkat Mirziyoyev 'Yangi O'zbekiston' bog'iga borib, ushbu majmua poyiga gulchambar qo'ydi.Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, m

12 Jul 12:47
 
82
0
qalampir.uz

6 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

13−16 iyul kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet agentligi direktori Sherzod Habibullayev ogohlantirdi. Bildirilishicha, quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin: Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida; Surxondaryo&nbs

20 Jul 10:17
 
79
0
qalampir.uz

Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan Urganch xalqaro aeroportida Prezident Sadir Japarov va rafiqasi Oygul Japarovani kuzatib qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 iyul kuni Sadir Japarov “Ko‘ksaroy” qarorgohida tantanali kutib olindi. Shundan so‘ng, Mirziyoyev va Japarov tor doira