calendar 18 Jul 16:19
eye 81
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Mening bogʻim”ga ovoz berish yakunlanib, gʻoliblar aniqlandi

image
' 14 ta shahar va tumanimiz hududlaridan 36 gektar yer maydonida 73 ta 'Yashil bogʻlar' yaratish loyihasi portalga joylashtirildi, ' deydi Namangan viloyat ekologiya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Samandar Eraliyev. ' Toʻplangan ovozlar hisobidan hududlardan bittadan gʻolib tanlab olindi. Ushbu loyihalarning har biriga vazirlik tomonidan 250 million soʻmdan mablagʻ ajratiladi. Ayni vaqtda hokimliklar bilan kelishilgan holda 'Yashil makon' loyihasi kuzgi mavsumida koʻchatlar ekish boʻyicha rejali ishlarni amalga oshirishga kirishildi.

Atrof-muhit musaffoligini taʼminlaydigan yashil maydonlarni kengaytirishda 'Mening bogʻim' loyihasi muhim qadam boʻldi. Ayni yoʻnalishdagi loyihalarning jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi xalqimizning ezgu maqsad yoʻlidagi xayrixohligini yanada kuchaytiradi. Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Radivon, Norin tumanidagi Qoratepa, Kosonsoy tumanidagi Qorasuv mahallalari ahli bu muhim tadbirda yakdillik koʻrsatib, birinchilar qatorida eng koʻp ovozni toʻpladi.

Maʼlumot uchun, respublika boʻyicha ovoz berish yakunlari koʻra, 215 ta loyiha gʻolib boʻlib, ularni moliyalashtirishga 48,6 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 11:15
 
50
0
xs.uz

50 yillik muammo 5 kunda ijobiy yechim topdi

' Men istiqomat qilayotgan hovli-joy bundan 50 yil muqaddam otam tomonidan qurib, bitkazilgan, ' deydi u biz bilan suhbatda. ' Afsuski, shu paytgacha kadastr hujjati boʻlmagan. Bu borada, albatta, oʻzimizning eʼtiborsizligimiz, yetarli huquqiy bilimga ega boʻlmaganligimiz sabab boʻlgan. Bu hayotimiz davomida koʻplab muammolarni keltirib chiqardi. Kelgusida farzandlarim ham shu kabi qiyinchiliklarga duch kelmasligi uchun davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasiga murojaat qi

26 Jul 10:20
 
49
0
qalampir.uz

O‘zbekistonlik o‘quvchi qiz Xalqaro nemis tili olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi (video)

Germaniyaning Gyottingen shahrida joriy yilning 15-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Butunjahon nemis tili olimpiadasining final bosqichida o‘zbekistonlik o‘quvchi qiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Dunyoning 62 davlatidan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilgan nemis tili bo‘yicha xalqaro musobaqada Andijon shahridagi 23-maktab o‘quvchisi Rayyona Ibrohimova barcha bosqichlarda

26 Jul 10:20
 
49
0
qalampir.uz

10 yoshli qizini sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi

Toshkent viloyatida farzandini 2 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona 8 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, holat 2024 yil 29 mart kuni Qibray tumanida sodir bo‘lgan. 1989 yilda tug‘ilgan Z.A.ning 13 yoshli o‘g‘li va 10 yoshli qizi bo‘lgan. Turmushidan ajralgan ayol ijara asosida Chirchiq shahrida yashab kelgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol uyida 2014 yilda tug‘ilgan qiz farzandini 2 ming AQSH dollariga sotishga ke

19 Aug 07:03
 
19
0
xs.uz

Samarqandda Janubiy kon boshqarmasi mutasaddisi fuqarolarni ishga kiritish uchun 5 ming dollar olganda ushlandi

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs 2023 yilning sentabr oyida 'Zarmitan' koniga ishga joylashtirib qo'yishini aytib, Qo'shrabot tumanida yashovchi 4 nafar fuqarodan jami 9 ming dollar olgan va o'z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.