calendar 18 Jul 15:50
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqanddagi 11 ta hokimlik qabul qilgan hujjatlar qonunga zid ekani aniqlandi

image

Samarqand viloyatidagi 11 ta tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ekani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning II chorak yakunida qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga mosligi hamda raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladigan hujjatlarning qabul qilinishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

Unda viloyatning Ishtixon, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut, Jomboy, Kattaqo‘rg‘on, Narpay tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahri hokimliklari tomonidan qabul qilingan normativ tusdagi hujjatlar “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 22-moddasi (Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan hujjatlar qabul qilinishini hamda harakatlar amalga oshirilishini (harakatsizlikni) taqiqlash) talablariga zid ravishda qaror, buyruq va farmoyishlar qabul qilishda, shartnomalar tuzishda ustunlik berishda, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar belgilashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

O‘rganish ishlari natijalariga ko‘ra, hududiy boshqarma tomonidan shahar va tuman hokimliklariga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tegishli taqdimnomalar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda hokimlarning raqobatga zid qarorlari bekor qilingani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
44
0
qalampir.uz

O‘zbekistonlik o‘quvchi qiz Xalqaro nemis tili olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi (video)

Germaniyaning Gyottingen shahrida joriy yilning 15-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Butunjahon nemis tili olimpiadasining final bosqichida o‘zbekistonlik o‘quvchi qiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Dunyoning 62 davlatidan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilgan nemis tili bo‘yicha xalqaro musobaqada Andijon shahridagi 23-maktab o‘quvchisi Rayyona Ibrohimova barcha bosqichlarda

26 Jul 10:21
 
47
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi ish boshladi

Gʻaniyev 52 yoshda, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda.Yangi elchi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili boʻlib ishlagan. 2018-2023-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2023-yil oktyabr oyid

11 Aug 03:44
 
19
0
xs.uz

“Suv kodeksi” qabul qilinishi mumkin. Dastlabki tafsilotlar maʼlum qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Majlisda 'Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda quyi palataning axborot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, suv va undan foydalanish sohasida yagona huquqiy hujjat yaratish maqsadida ishlab chiqilgan 'Suv kodeksi' loyihasida bir qator muhim normalar oʻz aksini topadi. Shu sababli ham bir qator m

24 Aug 17:26
 
13
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Koʻksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdilar.Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini aloh