calendar 18 Jul 09:13
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Polshada amerikalik askarlarni joylashtirish uchun baza qurildi

image

Polsha janubi-g‘arbidagi Quyi Sileziya voevodeligidagi Sventoshuv qishlog‘ida AQSHning vaqtinchalik harbiy bazasi paydo bo‘ldi. Bu haqda Polsha armiyasi brigada generali Dariush Mendralaga tayanib, PAP axborot agentligi xabar berdi. 

"Baza tezkor yig‘ish va ta’minotni qabul qilish, taktik yig‘ilish hududiga o‘tishdan oldin harbiy texnikani o‘rnatish uchun mo‘ljallangan", deydi general.

PAP xabariga ko‘ra, bazada AQSH va NATOning 1000 nafargacha harbiy xizmatchilari joylashadi.

Ma’lumot uchun, may oyi o‘rtalarida Krakov-Balitsa xalqaro aeroporti yaqinida AQSH maxsus kuchlarining “Miron Kampi” bazasi ochildi va bu AQSH maxsus kuchlarining Yevropadagi eng sharqiy bazasiga aylandi. Polshada jami 10 mingdan ortiq AQSH qo‘shinlari joylashgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 14:34
 
55
0
xs.uz

Rossiya Ukrainaga qarshi “Kobra” nomli yangi harbiy qurollarini qoʻllaydi

Maʼlum boʻlishicha, ushbu qurilma dronlarni kuzatadi va real vaqt rejimida xaritada ularning joylashuvini aniqlay oladi. 'Kobra' hozirda sinovdan oʻtkazilmoqda va tez orada Ukrainaga qarshi eksperimental operatsiyalarda qoʻllanila boshlaydi.Ukraina qariyb ikki yarim yildan beri davom etgan konfliktlar sababli dron texnologiyasida sezilarli yutuqlarga erishdi, bu esa Rossiyaning qarshi texnologiyalarga ehtiyojini oshirib yuborgan. Kiyev dronlari turli jangovar pozitsiyalarda, jumladan razvedk

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

Ukrainaliklarning 32 foizi Rossiyaga yerlarni berishga rozi bo‘ldi – so‘rovnoma 

Ukrainada aholi orasida tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar berish borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 32 foizi tinch-totuv yashash uchun o‘zlari yashab turgan yerlarni Rossiyaga berishga rozi ekanligini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.  Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan 16-22 may kunlari Ukraina nazorati ostidagi hududda 1067 kishi ishtirok etgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hududiy imtiyozlarga rozi bo‘lgan

26 Jul 10:19
 
54
0
qalampir.uz

Moskvada mashina portlatildi (video)

Bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Moskva shahri Sinyavinskaya ko‘chasidagi turarjoy binosi hovlisida noma’lum shaxs tomonidan shu yerda turgan avtomobil portlatib yuborildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Toyota Land Cruiser rusumli ushbu mashina portlashi oqibatida ikki kishi jabrlangani haqida bir qator OAVda turlicha talqinlar keltirilmoqda. Ularning aksariyati transport vositasida Rossiya Mudofaa vazirligi ofitseri, sun’iy aloqa radiomarkazi boshlig‘i o‘rinbosari

26 Jul 10:21
 
36
0
xs.uz

Kamala Xarrisning AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonish imkoniyati oshdi

'Ipsos'ning 22 va 23-iyul kunlari oʻtkazgan soʻroviga koʻra, respondentlarning 44 foizi Xarrisni qoʻllab-quvvatlagan. 42 foizi esa AQSHning sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz berishga tayyorligini bildirgan.'Bir qator bukmekerlik idoralarining fikricha, noyabr oyida vitse-prezident Kamala Xarrisning prezidentlikka saylanish ehtimoli soʻnggi 24 soat ichida sezilarli darajada oshgan', deyiladi manbada.Maqolada aytilishicha, 'Bet365' bukmekerlik kompaniy