calendar 17 Jul 18:46
eye 76
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda 7 tup daraxt kesgan shaxs jarimaga tortildi

image

Samarqandda 7 tup daraxt kesgan shaxs jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Narpay tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida tumanning “Baxt” MFY hududida fuqaro R. I. tomonidan 7 tup har xil turdagi mevali daraxtlar noqonuniy tarzda kesib tashlangani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi ( Daraxtlarni, buta, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazdi) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. R.I.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, ya’ni 8 million 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. 

Shuningdek, fuqaro qilmishi bilan tabiatga 3 million 230 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan va shu sababli huquqbuzar jami 11 million 730 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 22 tup manzarali daraxtni kesgan uch kishi 171 million so‘mdan ortiq jarimaga tortilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 17:02
 
62
0
qalampir.uz

Qashqadaryodagi YTHda Labo haydovchisi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Labo va Nexia-3 mashinalari o‘zaro to‘qnashishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi.  Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 10 iyul kuni sodir bo‘lgan. Labo haydovchisi yon ko‘chadan chiqqan Lacetti’ga urilishdan qochib, boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqdan oshib o‘tib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashi

27 Jul 17:27
 
80
0
xs.uz

Toshkentda “ahvoli yomonlashgan” abituriyentga tez yordam xodimi telefon berib chiqdi

Toshkent shahrida test topshirayotgan abituriyentga tez yordam xodimi telefon kiritib berdi. Bu haqda 'Kun.uz' xabar qildi.Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 17-iyul kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan 'Yoshlik' sport majmuasida oʻtayotgan test vaqtida abituriyentlardan birining ahvoli yomonlashgan. Unga yordam koʻrsatish uchun tez yordam xodimlari yetib kelgan va tibbiy yordam koʻrsatilgan.Ahvoli yaxshilangach, abituriyent test jarayoniga qaytgan. Oradan biroz vaqt oʻtib,

26 Jul 10:20
 
49
0
qalampir.uz

Dollar kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga oshdi va 12 634,00 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 23,61 so‘mga ko‘tarilib, 13 710,42 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 2,51 so‘mga oshib, 148,62 so‘mni tashkil etdi.

27 Jul 16:45
 
54
0
xs.uz

AQSHda 38 yoshli oʻzbekistonlik ayanchli YTH tufayli vafot etdi

Qayd etilishicha, Jamoliddin Tohirov 18 gʻildirakli 2022 Freightliner rusumli furani haydab ketayotib, nomaʼlum sabablarga koʻra ichki beton toʻsiqqa urilgan. Shundan soʻng qarama-qarshi yoʻnalishdagi barcha yoʻlaklardan oʻtib, tashqi himoya panjarasini ham yorib oʻtgan. Haydovchi voqea joyida vafot etgan. Uning jasadi mashina tashqarisidan topilgan. Taxminlarga koʻra, haydovchi oynadan otilib ketgan.Maʼlumot uchun, marhum Florida shtatining Orlando shahrida yashagan. Halokat yuzasida