calendar 17 Jul 18:19
eye 94
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Raqobat qo‘mitasi “Korzinka”ni jarimaga tortdi

image

Avvalroq, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i tomonidan joylashtirilgan reklama bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilayotgani xabar qilingandi. O‘rganishdan so‘ng supermarketlar tarmog‘iga nisbatan jarima qo‘llanildi. Bu haqda qo‘mita xabar berdi.

Bildirilishicha, qo‘mitaning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus komissiyasi tomonidan qo‘zg‘atilgan ishda “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i brendi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi “Anglesey Food” MCHJ XK aybdor deb topilib, unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanilgan, shuningdek, unga ushbu reklama bo‘yicha qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan holatlarni bir oylik muddatda bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.

Ma’lum qilinishicha, vakolatli organning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi paxta to‘qimachilik va yog‘-moy klasterlari tomonidan 20 mlrd so‘m asossiz daromadlar olinganligini aniqlagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 10:45
 
58
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mustaqilligining 33-yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir qarorni imzoladi

Qarorga koʻra, mehnatkash va bagʻrikeng xalqning bunyodkorlik salohiyati bilan erishilayotgan ulkan natijalarning mazmun-mohiyati haqida mahallalar, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkaziladi.Mustaqillik bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama eʼzozlash, 'Mehribonlik', 'Saxovat' va 'Muruvvat' uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj

26 Jul 10:20
 
47
0
qalampir.uz

Toshkentda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan fuqaro A.A. ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda fuqaro G‘.Yo. ga tegishli telefon va plastik kart

19 Jul 19:25
 
74
0
xs.uz

Fargʻonada qarzdor qoʻshimcha javobgarning yuk mashinasidagi mevalar aynib qolmasligi uchun 300 mln soʻm toʻladi

Bildirilishicha, Fuqarolik ishlari boʻyicha Margʻilon tumanlararo sudining 2024-yil 22-fevraldagi ijro varaqasiga koʻra javobgar 'V.N. F.T' MCHJdan 'Q.Q.B' aksiyadorlik tijorat bank foydasiga qarzdorlik undirish belgilangan. Mazkur ijro ishi yuzasidan qoʻshimcha javobgar 'C. B. S. S.' MCHJga tegishli boʻlgan 'Mercedes benz actros' rusumli avtotransport vositasi xatlanish jarayonida qarzdor tomonidan 300 million soʻm kredit qarzdorligi toʻlab berilgan.'Afsuski hayotimizda turli xil firibga

28 Jul 21:05
 
119
0
xs.uz

“Yashil energetika”: islohotlar natijasi amaliy ishlarda namoyon boʻlmoqda

Yaqinda Prezidentimiz raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida 'yashil energetika' sohasida ishga tushgan 2,4 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga birinchi yarim yillikda 1,6 milliard kilovatt 'yashil energiya' olingani alohida qayd etildi.Shu oʻrinda, energiya tejamkorligini oshirish, eko