calendar 17 Jul 16:34
eye 107
comments 0
comments Manba: xs.uz

Andijonda Oʻshdan oqib kelgan yana bir jasad topildi

image
Andijon viloyatidan kuchli sel kelishi oqibatida Oʻsh shahridan oqib kelgan yana bir ayolning jasadi topildi. Bu haqda Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, viloyat hududida Qirgʻiziston FVV yoʻllagan murojaati asosida qidiruv ishlari olib borilgan. Unda joriy yilning 14-iyul kuni Oʻsh viloyati va Oʻsh shahrida sodir boʻlgan tabiiy ofatda oqib ketgan ayol jinsiga mansub jasad topilgan.

Aniqlik kiritilishicha, u bungacha bedarak yoʻqolgan deb hisoblangan 39 yoshli В.А. (ayol) boʻlgan.

Qoʻshni mamlakat FVV xabariga koʻra, bu Oʻzbekiston hududidan topilgan tabiiy ofat qurbonlarining beshinchisi. Bungacha mazkur texnogen hodisa oqibatida viloyat hududidan oqib oʻtuvchi Shahrixonsoy qirgʻogʻidan 5-6 yoshlardagi qizaloqning, shuningdek, Oʻzbekiston chegarasidan 500 metr uzoqlikdan 44 yoshli ayol hamda 10 va 19 yoshli qizlarning jonsiz tanasi ham topilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 14-iyul kuni Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahrida yoqqan kuchli yomgʻir natijasida Andijon viloyatidagi Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlarini oʻzaro bogʻlab turuvchi 'Oq boʻyra soy' koʻprigi qulab tushgani haqida xabar bergan edik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 15:50
 
49
0
qalampir.uz

Samarqanddagi 11 ta hokimlik qabul qilgan hujjatlar qonunga zid ekani aniqlandi

Samarqand viloyatidagi 11 ta tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ekani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning II chorak yakunida qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini &ldqu

26 Jul 10:20
 
34
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi kiyim bozorida janjal chiqdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona shahar savdo majmuasi”da tadbirkorlar o‘zaro mushtlashayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, holat kecha, 24 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, bozor ma’muriyati bilan tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, tadbirkorlar o‘ziga belgilab berilgan hudud va do‘konlarda savdo qilishi ko‘rsati

11 Jul 19:00
 
110
0
qalampir.uz

Rasmiy Toshkent “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li loyihasi uchun 255 million dollar ajratadi

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasiga “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l loyihasi kompaniyasining ustav kapitalidagi O‘zbekiston ulushini moliyalashtirish uchun 255 million dollar miqdorida kredit ajratadi. Bu haqda Prezident  qarorida so‘z boradi. Qayd etilishicha, ushbu mablag‘ning 14 millioni joriy yil oxirigacha ajratilishi rejalashtirilgan. Kreditlar yillik 5 foiz stavka bilan 15 yil muddatga,

11 Jul 15:12
 
63
0
xs.uz

Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi

'Oʻzbekiston ' ijtimoiy davlat' tamoyili asosida mamlakatimizda aholini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada sharoitlarni yaxshilash va xizmatlarni kengaytirish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.Bunda nogironligi bor shaxslarga qulayliklar yaratish muhim vazifalardan. Shu maqsadda nogironlikni belgilashda raqamlashgan tizimga oʻtish taklif etilmoqda.Unga koʻra, bu dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025-yil 1-sentyabrga qadar barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. E