calendar 11 Jul 15:12
eye 67
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi

image
'Oʻzbekiston ' ijtimoiy davlat' tamoyili asosida mamlakatimizda aholini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada sharoitlarni yaxshilash va xizmatlarni kengaytirish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda nogironligi bor shaxslarga qulayliklar yaratish muhim vazifalardan. Shu maqsadda nogironlikni belgilashda raqamlashgan tizimga oʻtish taklif etilmoqda.

Unga koʻra, bu dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025-yil 1-sentyabrga qadar barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ekspert komissiyalariga tibbiy hujjatlar oilaviy shifokorlar tomonidan elektron yuboriladi. Baholash Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining moslashtirilgan mezonlari asosida 'Inson' markazlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Nogironlikni belgilash bilan bir vaqtda uning reabilitatsiya dasturi hamda protezga muhtojligi boʻyicha maʼlumotlar shakllantiriladi.

Endi ekspert komissiyalari tomonidan kasbga, taʼlimga, sportga tavsiya berish, mehnatga layoqatsizlikni belgilash tartibi bekor qilinadi. Bunday shaxslar ish, sport va taʼlimga individual yondashuv asosida yoʻnaltiriladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning xavfsiz va toʻsiqlarsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish ham koʻzda tutilmoqda. Shu bois quriladigan va taʼmirlanadigan binolar bunga moslashganligi boʻyicha majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi. 'Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda' jamgʻarmasining kamida 10 foiz mablagʻi har yili chorrahalarni nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish boʻyicha qurilish va jihozlashga yoʻnaltiriladi. Toʻsiqlarsiz muhit yaratilgan obyektlarning elektron interaktiv xaritasi yaratiladi.

Jamoat transporti boʻyicha tenderlarda faqatgina nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirilgan avtobuslar ishtirok etishi mumkin boʻladi. Shahar jamoat transportida I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul xizmat koʻrsatiladi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni madaniy tadbirlar, koʻngilochar tomosha va marosimlarga jalb qilish boʻyicha amaliy choralar koʻriladi.

Taqdimotdagi yana bir taklif Jahon banki ishtirokidagi 'Inson' loyihasi haqida boʻldi. Bu loyiha aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan boʻlib, uning doirasida 55 ta koʻpfunksiyali hududiy xizmatlar markazi tashkil etiladi va 20 turdagi ijtimoiy xizmat yoʻlga qoʻyiladi. Toshkent, Fargʻona va Samarqandda 4 ta namunali inklyuziv kasb-hunar taʼlimi markazlari tashkil etiladi.

Besh ming nafar xodimning ijtimoiy ish boʻyicha malakasi oshiriladi. Moslashuvchan ijtimoiy xizmat va yordam boʻyicha normativ-huquqiy baza shakllantiriladi.

Sohadagi yana bir yangilik 'ijtimoiy karta' tizimining joriy etilishi boʻladi. Bu orqali ijtimoiy toʻlovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari toʻliq avtomatlashtiriladi. 'Ijtimoiy karta' bir vaqtning oʻzida ham toʻlov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdigʻi hisoblanadi.

Bu tartib dastlab Toshkent shahri va Yangiyoʻl tumanida, keyingi yildan boshqa hududlarda joriy etiladi. Natijada 72 turdagi ijtimoiy xizmatlar, 76 turdagi yordamlar va 200 ga yaqin imtiyozlar yagona elektron tizimga umumlashtiriladi. Qogʻoz shaklidagi hujjatlar bekor qilinib, vaqt va mablagʻ tejaladi. Soha toʻliq raqamlashtirilishi orqali har bir oilaning ehtiyojlari va imkoniyatlarini aks ettiradigan 'ijtimoiy-raqamli pasporti' joriy etiladi.

Davlatimiz rahbari bu borada tegishli hujjatlarni ishlab chiqib, samarali joriy etish, ehtiyojmand insonlarning hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi ish boshladi

Gʻaniyev 52 yoshda, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda.Yangi elchi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili boʻlib ishlagan. 2018-2023-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2023-yil oktyabr oyid

22 Jul 12:08
 
81
0
xs.uz

Samarqanda “Nexia-3” haydovchisi uxlab qolishi oqibatida ayanchli YTH sodir boʻldi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida 'Nexia-3' haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa 20-iyul kuni sodir boʻlgan. Shu kuni soat 6:00 larda Nurobod tumani Jarquduq mahallasi hududidan oʻtgan 4R-54 avtomobil yoʻlida Ingichka-Kattaqoʻrgʻon yoʻnalishida ketayotgan 'Nexia -3' haydovchisi uxlab qolgan.Shundan soʻng mashina boshqaruvi yoʻqotilgan va yoʻlning oʻng tomon chetiga chi

19 Jul 12:08
 
80
0
qalampir.uz

Toshkentda “G‘alabaning 40 yilligi” avtobus bekati qulab tushdi (video)

Kecha, 18 iyul kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan “G‘alabaning 40 yilligi” bekati qulab tushdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisaga bekatning ustunlari yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan. “Yuqoridagi holat oqibatida hech bir fuqaro va yo‘lovchiga zarar yetmagan bo‘lib, hozirda mas’ul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. Ma’lumot uch

29 Jul 16:13
 
108
0
qalampir.uz

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti taqsimoti tasdiqlandi

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Unga ko‘ra: Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111; Andijon viloyati – 183; Buxoro viloyati – 112; Jizzax viloyati – 81; Qashqadaryo viloyati – 193; Navoiy viloyati – 60; Namangan viloyati – 165; Samarqand viloyati – 227