calendar 17 Jul 14:15
eye 114
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ayrim klasterlarga berilgan imtiyozli kreditlar muddati uzaytirildi

image
Unda paxta-toʻqimachilik klasterlarining moliyaviy barqarorligi bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Ularga berilgan imtiyozli kredit muddati 2025-yil 1-aprelgacha uzaytirilishi belgilandi.

Oʻtgan yili paxta yetishtirish uchun olingan kreditni muddatida toʻliq qaytargan klasterlarga imtiyozli kreditning 8 foizi qaytariladi.

Bu yil paxta xaridi uchun imtiyozli kredit klasterlarning ip-yigiruv korxonalariga beriladi.

Klasterlar sotib olingan paxta tozalash zavodi qiymatining kamida 35 foizini toʻlasa, bu mulkni garovga qoʻyishga ruxsat beriladi.

Mutasaddilarga chuqur tahlil qilib, iqtisodiy samarasiz, moliyaviy majburiyati yuqori boʻlgan klasterlar maqomini qayta koʻrib chiqish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Qayd etilishicha, yil boshidan qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishni moliyalashtirishga 1 trillion 115 milliard soʻm yoʻnaltirildi.

Bu oʻz samarasini berib, korxonalar toʻliq quvvatda ishlashni boshladi. Hududlarga 5 ming 781 ta texnika yetkazib berildi.

Hokimlarga unumdorlikni oshirish uchun paxta, meva-sabzavotchilikda mexanizatsiya darajasini 50 foizga yetkazish topshirildi.

Buning uchun yil oxirigacha fermer va dehqonlarni yana 6,5 mingta texnika bilan taʼminlash muhimligi qayd etildi.

Yigʻilishda komplekslar rahbarlari, vazirlar va hokimlarning hisobotlari va rejalari tinglandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Dollar kursi ikki kunlik pastlashdan keyin yana koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'40,76'soʻmga koʻtarildi va'12 625,04'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'10,21'soʻmga oshib,'13 686,81'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1, 73'soʻmga koʻtarilib,'146,11'soʻmni tashkil qildi.

29 Jul 16:20
 
117
0
xs.uz

Dollar kursi tushishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'25,45'soʻmga tushdi va'12 574,38'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'49,00'soʻmga pastlab,'13 626,86'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'2,26'soʻmga tushib,'145,52'soʻmni tashkil qildi.'

23 Jul 07:35
 
63
0
xs.uz

Raqobat qoʻmitasi yana bir bankni jarimaga tortdi

Maʼlum qilinishicha, qoʻmitaga AVO Bank AJ koʻrsatayotgan xizmatlari haqida notoʻgʻri reklama tarqatayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan.Murojaatda bank saytining 'AVO bonuslari' sahifasidagi reklama axborotlarida '250 000 soʻm har bir yangi mijozga', '+250 000 soʻm sizga va Avoning har bir yangi mijoziga', 'Hisobingizga 250 000 soʻm olish' va 'Kartaga 250 000 soʻm olish' kabi maʼlumotlar koʻrsatilgani aytilgan.Murojaatda bank tomonidan har bir yangi mijozga 250 000 soʻm pul ber

26 Jul 10:21
 
58
0
xs.uz

Olti nafar investor International mehmonxonasini sotib olishga qiziqish bildirdi

Mazkur xususiylashtirish jarayonlari Deloitte kompaniyasi tomonidan xususiylashtirish boʻyicha maslahatchi sifatida olib borilmoqda.Xususiylashtirish jarayonlarining mazkur aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi doirasida marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan, investitsiya tizerlari Deloitte xalqaro aloqalari orqali salohiyatli investorlarga yuborilib individual muloqotga kirishilgan.Natijada, 2024-yil 15-iyulga qadar dunyoning turli mamlakatlarid