calendar 17 Jul 11:58
eye 129
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yil yakunigacha 2 million 416 ming aholi bandligini taʼminlash rejalashtirilmoqda

image
Tadbirkorlar bilan mahallabay ishlash boʻyicha 'Gʻijduvon tajribasi' asosida tuman hokimlariga yil yakuniga qadar 1 mingta mahallada vertikal oʻsadigan sanoat binolarini tashkil qilish topshirildi.

Bunday binolarda xonadonlarda tashkil qilingan, lekin kengayish imkoni boʻlmagan ishlab chiqarishlar uchun sharoitlar yaratiladi.

Ushbu sanoat markazlarining ikkinchi va undan yuqori qavatlarida ishlayotgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi.

Tuman darajasida katta loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan 'Zarbdor tajribasi' asosida sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida kamida 5-7 tadan 'drayver' loyiha ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Ular tumanlardagi sanoat zonalari, boʻsh turgan davlat obyektlariga joylashtiriladi.

Eng yaxshi loyihalarga joriy yilda 500 milliard soʻm ajratilishi belgilandi. Bu orqali yana 150 ming ish oʻrni yaratish mumkin.

Umuman, aytilgan 4 ta tajribani qoʻllagan holda yil yakunigacha 2 million 416 ming aholi bandligini taʼminlash rejasini tasdiqlash topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
34
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev BMT vakilini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentyabr kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi nufuzli'tarmoq tuzilmasi rahbari shu kunlarda Toshkent shahrida o'tkazilayotgan Dengizga chiqish imkoniyati bo'lmagan mamlakatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha xalqaro forum doirasida mamlakatimizda bo

09 Oct 12:39
 
22
0
xs.uz

YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq

09 Oct 12:39
 
21
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

03 Sep 21:35
 
26
0
xs.uz

“Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Oʻzbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boshlandi

Davlatimiz rahbari koʻp millatli xalqimizni bugungi ulugʻ ayyom bilan chin qalbdan tabriklab, barchaga oʻzining yuksak hurmati, ezgu tilaklarini izhor etdi.'Mana shu hayajonli daqiqalarda hammamiz milliy istiqlolimiz naqadar bebaho neʼmat ekanini, uning tarixiy ahamiyatini yanada chuqur his etmoqdamiz.Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. Oʻzbekiston yangi tarixiy davrga qadam qoʻydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egalladik. Bu bilan