calendar 17 Jul 11:37
eye 121
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Andijonda salkam 7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan sex aniqlandi

image

Andijon shahrida alyuminiy mahsulotini qayta ishlab chiqarish sexi salkam 7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan “B.S.Z.” MCHJ hududida fuqaro Y.A. ijara asosida alyuminiy mahsulotini qayta ishlash sexi tashkil etib, hujjatlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz tarmog‘iga ulanganligi aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 6 mlrd 782 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.

“Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 618,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 18:06
 
90
0
qalampir.uz

Sirdaryoda sotuvchi chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirdi (video)

Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi do‘konlardan birida QR-kodli chek so‘ragan bolaga do‘kon sotuvchisi tomonidan tarsaki tushirilgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, kecha, 20 iyul kuni Bolalar ombudsmaniga D.J. ismli ayol murojaat qilib, 13 yoshli o‘g‘li (2011 yilda tug‘ilgan) Guliston shahridagi do‘kondan narsa xarid qilib, QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor

08 Sep 16:44
 
6
0
xs.uz

Oʻzbekiston Senati raisi BMT Bosh kotibining oliy vakili bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva BMT kecha Bosh kotibining oliy vakili Fatima Rababxonim bilan uchrashdi.Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga koʻra, unda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi istiqboli uchun muhim boʻlgan masalalar yuzasidan suhbatlashildi.Jumladan, dengiz yoʻli orqali savdo aloqalarini rivojlantirish, Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti, kelgusidagi rejalari haqida fikr almashildi.Shuningdek, Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda qoʻshni davlatlar

26 Jul 10:21
 
44
0
xs.uz

Ayrim sohalarda kadrlar tayyorlash tizimi 3-yillik boʻladi

Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni 'blok-modul' tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi.Bunda, oʻquv jarayonlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushini:2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyo

23 Jul 11:15
 
106
0
xs.uz

“Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!”

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi oldidan oʻtkazilayotgan festival doirasida ijodiy uchrashuvlar, konsert dasturlari, xayriya tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.'Maʼnaviyat festivali' ijodiy guruh aʼzolari hamda 'Inson' ijtimoiy xizmatlar markazi faollari festivalning ilk kunida 'Inson qadri' loyihasi doirasida Shoʻrchi tumanining Boʻston mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Joʻrabek Toʻrashev xonadonida boʻlishdi.' Kutilmagan mehmonlarning tashrifidan boshim osmonga yetd