calendar 17 Jul 03:40
eye 140
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkent supermarketlarida 12 xil mahsulot narxi arzonlashdi

image
Qayd etilishicha, MHTI mutaxassislari iyul oyida (tahlil 13-iyun va 11-iyul kunlari oʻtkazilgan) Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻzgarishini koʻrib chiqqan.



Monitoring natijalari 12 xil mahsulot boʻyicha minimal narxlar oʻtgan oydagiga nisbatan pasayganini koʻrsatgan. Narxlarning eng yuqori pasayishi pomidor (-64,3 foiz), banan (-31,9 foiz) va bodring (-31,1 foiz) mahsulotlarida qayd etilgan.

Toʻqqiz nomdagi mahsulotning eng past narxi oʻzgarishsiz qolgan. Bular: guruch, bugʻdoy uni, shakar va boshqalar. Tahlil qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari minimal narxining oshishi qayd etilmagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 16:09
 
70
0
xs.uz

Dollar va rubl kursi koʻtarildi, yevro esa pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 13,14 soʻmga oshdi va 12 601,08 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 2,00 soʻmga tushib, 13 774,24 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,31 soʻmga koʻtarilib, 143,50 soʻmni tashkil qildi.

11 Jul 18:03
 
72
0
xs.uz

Germaniya malakali xorijlik ishchilar uchun soliq imtiyozlari berishi mumkin

Mazkur oʻzgarish haqda xabar bergan 'Deutsche Welle' nashrining yozishicha, Federal moliya vaziri Kristian Lindner Olmoniyada ishlagan dastlabki uch yil davomida chet ellik mutaxassislar uchun soliq imtiyozlarini eʼlon qildi. Malakali mutaxassislar uchun chegirmalar 30, 20 va 10 foiz boʻladi. Qayd etilishicha, bu reja muxolifatdagi siyosatchilar va kasaba uyushmalari vakillari tomonidan tanqidga uchradi.Tanqidchilarning taʼkidlashicha, soliq imtiyozlari mahalliy ishchilarning haqli eʼtirozl

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

Issiqlik korxonasi hisoblagan 4 mlrd soʻm asossiz qarzdorlik bekor qilindi

Maʼlum qilinishicha, Qoʻmitaning Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasiga tushgan murojaatlar asosida Fargʻona viloyati 'Issiqlik manbai' ishlab chiqarish davlat boshqarmasi bilan hamkorlikda maishiy isteʼmolchilarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hamda koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilgan.Oʻrganishlar natijasida isitish mavsumi davomida koʻp qavatli uylarga issiqlik taʼminotini yetkazib beruvchi markaziy tarmoqlarning isitish qozonxonalarida avariya h

11 Jul 15:12
 
78
0
xs.uz

Oʻzbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxira aktivlari qariyb 294 million dollarga kamaydi

Markaziy bank Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1-iyul holatiga koʻra 294 million dollarga kamayib, 36,34 milliard AQSH dollarni tashkil etayotganini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning oltin zaxiralari iyun oyida 500 million dollardan (27,31 milliard dollargacha) oshgan. Oltinning fizik hajmi 11,4 million troya unsiyadan 11,7 million troya unsiyagacha (31,1034768 grammga teng massa birligi) koʻpaygan. Xorijiy valyuta zaxiralari qiymati 9,23 milliard dollardan 8,43 mill