Boshqarma xodimlari tomonidan 'Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili' Davlat dasturini amalga oshirish yuzasidan muayyan ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, jami
6,5 trln soʻmlik bojxona toʻlovlari hisoblanib, shundan, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida bojxona toʻlovlariga 3,2 trln soʻm imtiyozlar berildi, 3,3 trln soʻm davlat byudjetiga oʻtkazilishi taʼminlandi.
Viloyatda eksport-import aylanmasida asosan, sanoat korxonalari, xususiy sektorlar, qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchi subyektlar faol ishtirok etmoqda. Imtiyoz qoʻllanilgan asosiy tovarlar tarkibini transport vositalari va uning ehtiyot qismlari, texnologik asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari, metall xomashyolari tashkil etadi.
Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 11 mlrd 11 mln dollardan ortiq tovarlar xorijiy mamlakatlar bozorlariga yoʻnaltirilgan. Viloyat bojxona xizmati orqali Turkiya, Qozogʻiston, Xitoy, Rossiya va Afgʻoniston va Belgiya davlatlariga metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, meva va sabzavot, transport va uning ehtiyot qismlari, kalava ip, toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilindi. Bojxona yuk deklaratsiyalarini Xavfni boshqarish axborot tizimi boʻyicha yoʻlaklar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, deklaratsiyalarning 26% 'yashil yoʻlak', 54% 'sariq yoʻlak', 18% 'qizil yoʻlak' tartibida rasmiylashtirildi. Tizimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida barcha boʻlinma, guruh va bojxona postlarida fuqarolarga zamon talablari darajasida xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Boshqarma xodimlari tomonidan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishini oldini olish, aniqlash va ularga chek qoʻyish, kontrabandaga qarshi kurashish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.
Boshqarma tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvand vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash yoʻnalishida 40 ta holatda 37 kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.
Bundan tashqari, tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida 1 547 ta holatda 60 mlrd 395 mln soʻmga teng tovarlar ushlab qolindi.
Davlatimiz Aksiz markasi bilan markalanmagan 65 ming quti tamaki mahsulotlari noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.
Shuningdek, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha 17,5 mlrd soʻm qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻliq taʼminlash, mahsulotlarni qayta ishlash yoʻnalishini kuchaytirish orqali eksportni koʻpaytirish, xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va oziq-ovqat taʼminotini rivojlantirish yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami kengaymoqda.
Tanzila Narbayeva va XMT Bosh direktori Jilber Ungbo uchrashuvida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Uchrashuvda XMT bilan har yili mehnat huquqlari va boshqa yoʻnalishlarda imzolanayotgan kelishuvlarning izchil amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Bu boradagi amaliy faoliyat mamlakatda munosib mehnat tamoyillarining mustahkam qaror topishiga xizmat qilayotgani qayd etildi. Xususan, Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilayotgan islohotlar XMTning ustuvor yoʻnalishlari va asosiy tamoyillari bilan toʻliq uygʻun ekani alohida eʼtirof etildi.Shuningdek, tomonlar 'Strategiya ' 2030' doirasida Oʻz
Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi
Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani
Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi
Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab 'qizil' toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning 'aʼlo' baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni
Bogʻchaga ketgan 2 yashar qizcha ariqqa choʻkib halok boʻldi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 2 yoshli qiz bogʻcha yaqinidagi ariqqa choʻkib halok boʻldi. Bu haqda 'Millar' koʻrsatuvida'xabar berildi.Lavhada qayd etilishicha, holat joriy yilning 20-may kuni Qamashi tumanidagi xususiy bogʻchalardan birida sodir boʻlgan.Bogʻcha xodimi bergan koʻrsatmaga koʻra, bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgan, boshqalari hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli koʻchaga chiqib, bogʻcha atrofidagi ariqqa tushib ketgan.Bosh