calendar 16 Jul 17:11
eye 90
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tailandda o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim joriy etildi

image

Joriy yilning 15 iyul kunidan e’tiboran Tailand hukumati 93 davlat, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini joriy qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, muqaddam Tailandga fuqarolari  vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 57 ta edi. Ro‘yxatga yangi 36 ta davlat kiritilgan va ular ichiga O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston ham qo‘shilgan.

Yangi tartib barcha chegara postlari orqali Tailandga tashrif buyuruvchilar uchun amal qiladi. O‘z navbatida, mazkur tartib Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida bir tomonlama joriy etildi va ma’lum muddatdan so‘ng bekor qilinishi ham mumkin.

Ma’lumot uchun, 15 iyulga qadar O‘zbekiston fuqarolari aeroportga kelganlarida 60 AQSH dollari evaziga 15 kunlik turistik viza olishlari mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov Tailand o‘zbekistonliklarga vizasiz tartib joriy qilinishi haqida ma’lum qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
116
0
xs.uz

Yangi O‘zbekiston — baxtiyor bolalar mamlakati

Bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan har tomonlama barkamol avlod tarbiyasiga yuksak e'tibor qaratilib, ko'plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. 1-iyun ' Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ham baxtiyor bolalar mamlakati bo'lgan Yangi O'zbekistonda o'zgacha ruh va ko'tarinki kayfiyatda nishonlanadi. Bu boradagi ishlarga O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham munosib hissa qo'shib kelmoqda.Xususan, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Respubl

15 Jun 10:46
 
3
0
xs.uz

Bugun havo harorati 42 darajagacha koʻtariladi

'Oʻzgidromet' 15-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 36-38html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

13 May 14:37
 
55
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga joʻnab ketdi. 'Vnukovo' xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya rasmiylari kuzati

04 Jun 02:44
 
105
0
xs.uz

“Insonparvarlik yordami bilan sogʻligimni tikladim”

Farhod ESONOV'Xalq soʻzi'. Yangi Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirish va kuchli ijtimoiy himoyaning mukammal tizimini yaratish ijtimoiy siyosatning asosiy yoʻnalishiga aylangan. Bu yoʻlda har bir insonning farovonligi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi va kelajakka ishonch bilan qarashi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.Bu jarayonda 'Inson qadri uchun', 'Xalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qiladi' kabi xalqchil tamoyillarga asoslangan islohotlar, 'Temir daftar', 'Ayollar da