calendar 16 Jul 16:23
eye 103
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sud Trampga qarshi ochilgan jinoiy ishni tugatdi 

image

Amerika sudi AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi Floridadagi Mar-o-Lagodagi mulkida maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlagani uchun ochilgan jinoiy ishni tugatdi. Bu haqda 15 iyul kuni “Reuters” xabar berdi.

Bildirilishicha, tegishli qaror Florida shtatidagi federal sud okrugi sudyasi Eylin Kannon tomonidan qabul qilingan. U ayblovni boshqarayotgan maxsus prokuror Jek Smitning o‘z lavozimiga noqonuniy ravishda tayinlangani va ishni qo‘zg‘atish vakolatiga ega emasligi haqida qaror chiqardi.

Jurnalistlar buni Trampning yana bir yirik qonuniy g‘alabasi deb atadi. Qayd etilishicha, prokurorlar bu qarorga shikoyat qilishlari mumkin, biroq bu ishning kelajagini shubha ostiga qo‘yadi.

Shuningdek, AQSH Prezidenti Jo Bayden ishning yopilganidan hayron emasligini aytdi.

“Bu Oliy sudning daxlsizlik haqidagi qaroridan kelib chiqadi. Ishning ko‘rib chiqilishiga asos bo‘lganini men yolg‘on deb bilaman”, dedi Bayden.

Tramp ijtimoiy tarmoqdagi postida bu qaror “birinchi qadam” bo‘lishi kerakligini aytdi va unga qarshi barcha to‘rtta jinoiy ishni tugatishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, Tramp may oyida Nyu-York shtatida 2016 yilgi saylovlar oldidan jinsiy janjalning oldini olish uchun porno yulduzga to‘langan  pullar bilan bog‘liq ayblovlar bilan sudlangan edi. Tramp hujjatlar ishida va Smitning boshqa ishida, shuningdek, Jorjiya shtati sudida saylov bilan bog‘liq ayblovlarda aybsizligini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Respublikachilar milliy qurultoyi delegatlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Donald Trampni AQSH prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatish uchun ovoz bergandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
7
0
xs.uz

AQSH prezidentining oʻgʻli aybini tan oldi. U 17-yilga qamalishi mumkin

AQSH prezidenti Jo Baydenning oʻgʻli Xanter Bayden unga nisbatan soliq jinoyatlari boʻyicha barcha ayblovlar boʻyicha kelishuvga erishdi.'Xanter Bayden federal soliq ishida oʻziga qoʻyilgan barcha ayblarni tan oldi', ' deyiladi xabarda. Oq uy rahbarining oʻgʻliga hukm oʻqilishi 16-dekabrga belgilangan.Avvalroq, Jo Bayden haligacha oʻgʻlini avf etish niyatida emasligi maʼlum boʻlgandi. Oq uy, shuningdek, Xanter Baydenning aybini tan olish niyati tufayli uning jazosini yumshatish imko

26 Jul 10:21
 
36
0
xs.uz

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya rahbari bilan nimalarni muhokama qildi?

Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas. Ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi glob

21 Jul 23:38
 
90
0
qalampir.uz

Nyu-Yorkda o‘zbekistonlik oilaning 4 a’zosi o‘ldirib ketildi

AQSHning Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik oilaning 4 nafar a’zosi o‘ldirib ketildi. Bu haqda “Pix 11” xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Bruklinda bir oilaning to‘rt a’zosi, jumladan, ikki yosh bola halok bo‘lgan. Politsiya 24 yashar gumonlanuvchini qo‘lga olgan. U oila egasining ukasi va hozirda hibsga olingan. U 56 yoshdagi onasi, akasining 27 yoshli ayoli va 4 va 5 yoshli jiyanlarini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda. Nashrning qayd etishicha, gumonlanuvchi ru

27 Jul 18:46
 
73
0
qalampir.uz

Italiya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi

Italiya diplomatik aloqalari uzilganidan 12 yil o‘tib, Suriyaga o‘z elchisini qayta yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani 25 iyul kuni parlament qo‘mitalari oldida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Rim Rossiyaning Yaqin Sharqdagi diplomatik sa’y-harakatlari monopoliyaga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Suriya bilan diplomatik aloqalarni tiklashga harakat qilmoqda. Bunday diplomatik harakat esa Yevropa Ittifoqi mamlaka