calendar 16 Jul 14:19
eye 159
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bloger Sherali Komilov hibsga olindi

image

Bloger Sherali Komilov hibsga olindi. Bu haqda inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 15 iyul kuni soat 17:00 lar atrofida Toshkent viloyati Qibray tumani Do‘rmon aholi punktida 1979 yilda tug‘ilgan bloger  Sherali Komilov Qashqadaryo viloyati IIB Tergov bo‘limi tomonidan bir yil avval e’lon qilingan ayblov va qidiruvga ko‘ra hibsga olingan.

Bloger avval Qibray tumani IIBga, so‘ng O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli tergov izolyatoriga olib ketilgan. Qashqadaryo viloyati IIB tergov bo‘limi tergovchisi sanksiyasi bilan Sherali Komilov istiqomat qilgan xonadonda tintuv o‘tkazilgan. Tintuv davomida surishtiruv organi tomonidan Komilovga tegishli ashyolar, texnikalar olib ketilgan. Guvohlarga ko‘ra, blogerni qo‘lga olish jarayonida 15 nafarga yaqin IIO xodimlari qatnashgan.

“Bloger Qashqadaryo viloyatiga etap qilinishi mumkin”, deydi Tashanov.

Eslatib o‘tamiz, Sherali Komilovga nisbatan viloyat IIB tomonidan firibgarlik, tuhmat va haqorat singari ayblovlar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U so‘nggi bir yil davomida tergovdan yashirinib kelgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
29
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda do‘kon egasi bolaga tan jarohati yetkazdi (video)

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida do‘kon egasi voyaga yetmagan 12 yoshli bolani kaltakladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 iyun kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.A. onasi S.N. tomonidan xarid uchun savdo do‘koniga yuborilgan. Do‘kon egasi 1976 yilda tug‘ilgan O.G‘. ismli erkak esa bolaning boshiga hech kim yo‘q joyga nega kirganligini so‘rash vaji bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. &n

26 Jul 10:21
 
48
0
xs.uz

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali'muloqot qildi.Suhbat avvalida Turkiya rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, joriy yil 5-6-iyun

23 Jul 11:35
 
72
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 24-iyul kuni havo harorati 43 darajaga koʻtarilishi kutilmoqda

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulu

26 Jul 10:20
 
29
0
xs.uz

26-iyul kuni harorat 45 darajani tashkil etadi

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +40...+42 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +32...+37 daraja b