calendar 16 Jul 12:37
eye 92
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkent viloyatidagi “novostroyka”da yongʻin sodir boʻldi

image
Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa toʻgʻrisida'maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, 15-iyul kuni soat 01:37 da Nurafshon shahridagi 1-yongʻin qutqaruv qismining dispetcherlik xizmatiga Nurafshon shahar Yangiobod mahallasidagi 16 qavatli uyning xonadonlaridan birida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan yongʻin oʻchirish ekipajlari soat 01:44 da hodisa joyiga yetib borib, alanga soat 02:05 da toʻliq oʻchirilgan.

Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida xonadonning 25 kvadrat metr maydoni zararlangan. Olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida xonadonning 50 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

'Yongʻin kelib chiqishining taxminiy sababi elektr uskunalaridagi nosozlik deb baholanmoqda. Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq', deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar berilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
47
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda do‘kon egasi bolaga tan jarohati yetkazdi (video)

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida do‘kon egasi voyaga yetmagan 12 yoshli bolani kaltakladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 iyun kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.A. onasi S.N. tomonidan xarid uchun savdo do‘koniga yuborilgan. Do‘kon egasi 1976 yilda tug‘ilgan O.G‘. ismli erkak esa bolaning boshiga hech kim yo‘q joyga nega kirganligini so‘rash vaji bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. &n

20 Jul 11:53
 
77
0
qalampir.uz

Toshkentda Spark piyodani urib yubordi

Toshkent shahrida Spark piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Bu haqda shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, voqea kecha, 19 iyul kuni soat 20:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasi 1-uy qarshisida sodir bo‘lgan. 2004 yilda tug‘ilgan (erkak) D.R. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 1960 yilda tug‘i

26 Jul 10:20
 
35
0
qalampir.uz

Qoraqalpog‘istonda hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani hokimi o‘rinbosari MCHJ rahbari “Tadbirkor virtual ofisi” orqali yo‘llagan murojaatni bir oydan ortiq vaqt o‘tgandan keyin ko‘rib chiqqani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasida murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari va qaror qabul qilish tartibi tasd

03 Sep 21:34
 
15
0
xs.uz

Bir yilda isteʼmol sektoridagi tovarlarning narxi 10 foizdan koʻproqqa oshgan

Avgust oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha darajasi 0,5 foizga, avvalgi yilga nisbatan esa 10,5 foizga oshgan. Bu haqda Statsitika agentligi'xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning avgust oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,3 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,8 % ga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari oʻrtacha 0,4 % ga oshgani kuzatilgan.Qayd etish kerakki, mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish