calendar 16 Jul 11:20
eye 79
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Fillar” Donald Trampni rasman prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatdi

image
Respublikachilar partiyasi rasman Donald Trampni uchinchi marta prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatdi. Bu haqda 'Politico' nashri xabar berdi.

Donald Trampning 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasining nomzodi sifatida koʻrsatilishi koʻpchilik tomonidan kutilgan voqea hisoblanadi. Hattoki, sobiq raqib Nikki Xeyli Trampni qoʻllab, oʻz delegatlarini ham uni quvvatlashga chaqirdi.

Respublikachilar koʻrsatayotgan nomzod 6-yanvardagi Kapitoliydagi qoʻzgʻolonni tashkil etish va 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga harakat kabi ayblovlar bilan ayblanayotgan paytida ham 'fillar' oʻz nomzodlaridan voz kechmadi.

Tramp oʻz nomzodini tasdiqlatgunga qadar bir qator qiyinchiliklarni boshidan oʻtkazdi. Shunga qaramasdan, uning advokatlar jamoasi Oliy sudning prezident sifatida jinoiy taʼqib qilish harakatlaridan daxlsizligi haqidagi qarorini chiqartirishga erisha oldi.

Pensilvaniya shtatining Batler shahridagi mitingda sodir etilgan suiqasd esa Trampning imkoniyatlarini yanada oshirib yubordi.

Maʼlumot uchun aytish kerakki, Respublikachilar partiyasi koʻpincha 'fil' bilan, Demokratik partiya esa 'eshak' bilan ifodalanadi. Ushbu hayvonlar ramzlari XIX asrdagi siyosiy komikslardan kelib chiqqan boʻlib, 'fil' birinchi marta 1874-yilda Tomas Nast tomonidan 'Harperʻs Weekly' komiksida paydo boʻlgan.

Demokratlar uchun 'eshak' timsoli bundan ham avvalroq, Endryu Jeksonning 1828-yilgi prezidentlik kampaniyasiga borib taqaladi. Endryuning raqiblari uni populistik qarashlari uchun 'Jackass' deb atashgan. Keyinchalik esa bu ramzga aylanib ketdi.

Avvalroq, Rossiya Trampga uyushtirilgan suiqasd boʻyicha bildirgan fikrida Kiyevga yuborilgan mablagʻlar AQSH huquq-tartibot tizimini yaxshilashga sarflanishi kerakligini qayd etgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
38
0
xs.uz

“Oʻzga sayyoralik”lar sigaret qoldiqlarini tozalash bilan shugʻullanadi (+Video)

Genuyadagi Italiya texnologiya instituti tadqiqotchilari plyajlar va bogʻlarda sigaret qoldiqlarini tozalashga yordam beradigan innovatsion robotni ishlab chiqdi.'VERO' deb nomlangan robot yurish paytida sigareta qoldiqlarini vakuumli oyoqlari yordamida soʻrib oladi va atrof-muhit tozaligiga hissa qoʻshadi.Qayd etilishicha, 'VERO' 'Unitree' kompaniyasining 'AlienGo' platformasi asosida qurilgan va shu sababli ham ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu robotlarni 'oʻzga sayyoralik' deb ha

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Moskvada avtomobilni portlatishda gumonlangan shaxs Turkiyada qo‘lga olindi (video)

Turkiya huquq-tartibot idoralari Moskva shimolida avtomobilni portlatishda gumon qilingan Rossiya fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Vazirning aytishicha, hibsga olingan shaxsning ismi Yevgeniy Serebryakov, u Moskvadan ertalabki reysda Bodrumga kelgan. Erkak ilgari Interpol tomonidan qidiruvga berilgan shaxslarning xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan. Interpolning Rossiya bo‘limi

26 Jul 17:30
 
74
0
qalampir.uz

Netanyaxu Kongressdagi nutqidan keyin Mask bilan uchrashdi

Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi. Bu haqda Netanyaxu o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. “Kecha Kongressdagi nutqimdan keyin Vashingtonda Ilon Mask bilan uchrashdim. Biz sun’iy intellektning imkoniyatlari va muammolari, uning iqtisodiyot va jamiyatga ta’sirini muhokama qildik, Isroil bilan texnologik hamkorlik yo‘llarini ko‘rib chiqdik”,  deydi Netanyaxu. Eslatib o‘tamiz

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Ukrainaliklarning 32 foizi Rossiyaga yerlarni berishga rozi bo‘ldi – so‘rovnoma 

Ukrainada aholi orasida tinchlikka erishish uchun Rossiyaga hududiy imtiyozlar berish borasida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashganlarning 32 foizi tinch-totuv yashash uchun o‘zlari yashab turgan yerlarni Rossiyaga berishga rozi ekanligini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.  Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan 16-22 may kunlari Ukraina nazorati ostidagi hududda 1067 kishi ishtirok etgan so‘rov natijalariga ko‘ra, hududiy imtiyozlarga rozi bo‘lgan