calendar 15 Jul 20:48
eye 152
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda erkak ayolini pichoqlab o‘ldirdi

image

Toshkentda erkak ayolini rashk sabab pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 iyul kuni soat taxminan 22:00 larda 1977 yilda tug‘ilgan S.E. Yangihayot tumani “Chortoq” MFYda joylashgan xususiy korxonaga qarashli novvoyxonada shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i D.M. bilan janjallashib qolgan. U ayolni qasddan o‘ldirish maqsadida badanining turli qismlariga sovuq qurol bilan bir necha marotaba urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan. D.M. olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

“Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97- moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi ma’lumotnomada.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yigit ayolining sobiq erini 24 marta pichoqlab o‘ldirgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
11
0
xs.uz

Fargʻonada yer silkinishi qayd etildi

Qayd etilishicha, zilzila Toshkent vaqti bilan 24-avgust kuni soat 01:33 da (Grinvich boʻyicha 23-avgust soat 20:33 da) sodir boʻlgan. Yer silkinishining koordinatalari 39,82 gradus shimoliy kenglik, 71,39 gradus sharqiy uzunlikka teng.Manbaga koʻra, yer qimirlashi 10 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 4,7 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 244 km janubiy-gʻarbda joylashgan.Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

11 Aug 03:43
 
34
0
xs.uz

Buxoroda ikki yigit yurib ketayotgan “Damas”ning ustiga chiqib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida harakatlanib ketayotgan 'Damas' avtomashinasining ustiga ikki nafar yigit chiqib olgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, videodagi holat kecha, 9-avgust kuni kuzatilgan. Viloyatning Romitan tumani hududidan oʻtuvchi A-380 avtomobil yoʻlining 236-kilometrida harakatlanayotgan 'Damas' transport vositasining tom qismiga ikki nafar oʻsmir chiqib olgan. Ularning bu harakati yoʻlda ke

26 Jul 12:12
 
91
0
qalampir.uz

Toshkent viloyatida 17 yoshli narkotik kureri ushlandi

Toshkent viloyatida 17 yoshli narkotik kureri ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2007 yilda tug‘ilgan fuqaro nazoratdagi xaridorga 70 dona “Aminometil” hamda 3 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 4 mln 300 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Uning yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifat

26 Jul 10:20
 
44
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi