calendar 15 Jul 19:00
eye 115
comments 0
comments Manba: xs.uz

Raqobat qoʻmitasi “Toshkent shahar suv taʼminoti”ga nisbatan ish qoʻzgʻatdi

image
Maʼlum qilinishicha, 'Uzcarlsberg' MCHJ 'Toshkent shahar suv taʼminoti' xizmatidan norozi boʻlib murojaat qilgan. Ular oʻrtasida 'Chiqindi suvlarni shahar kanalizatsiyasiga chiqarish toʻgʻrisida'gi kommunal-ekologik normativ hujjat rasmiylashtirilgan boʻlib, unga koʻra, 'Uzcarlsberg'ga chiqindi suvlarni shahar kanalizatsiyasiga chiqarib yuborish uchun suv hajmi 68 foiz koeffitsiyent qoʻllanishi belgilangan.

Biroq 'Toshkent shahar suv taʼminoti' tomonidan 76 foiz koeffitsiyent qoʻllangani natijasida 75 million soʻmga yaqin ortiqcha toʻlov hisoblangani aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar boʻyicha, hududiy boshqarma tomonidan Raqobat qoʻmitasi 'Toshkent shahar suv taʼminoti' AJga nisbatan 'Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida'gi qonunning 16-moddasi (tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlaridan foydalanish shartlarini tiqishtirish yoki tabiiy monopoliya subyektlarining belgilangan narxlarda (tariflarda) hisobga olinmagan haq undirish evaziga daromad olishga olib keladigan boshqacha xatti-harakatlarni sodir etish man etiladi) talablarini buzganlik alomatlari mavjud deb belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 07:35
 
63
0
xs.uz

Raqobat qoʻmitasi yana bir bankni jarimaga tortdi

Maʼlum qilinishicha, qoʻmitaga AVO Bank AJ koʻrsatayotgan xizmatlari haqida notoʻgʻri reklama tarqatayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan.Murojaatda bank saytining 'AVO bonuslari' sahifasidagi reklama axborotlarida '250 000 soʻm har bir yangi mijozga', '+250 000 soʻm sizga va Avoning har bir yangi mijoziga', 'Hisobingizga 250 000 soʻm olish' va 'Kartaga 250 000 soʻm olish' kabi maʼlumotlar koʻrsatilgani aytilgan.Murojaatda bank tomonidan har bir yangi mijozga 250 000 soʻm pul ber

26 Jul 10:21
 
58
0
xs.uz

Olti nafar investor International mehmonxonasini sotib olishga qiziqish bildirdi

Mazkur xususiylashtirish jarayonlari Deloitte kompaniyasi tomonidan xususiylashtirish boʻyicha maslahatchi sifatida olib borilmoqda.Xususiylashtirish jarayonlarining mazkur aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi doirasida marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan, investitsiya tizerlari Deloitte xalqaro aloqalari orqali salohiyatli investorlarga yuborilib individual muloqotga kirishilgan.Natijada, 2024-yil 15-iyulga qadar dunyoning turli mamlakatlarid

19 Jul 16:30
 
64
0
xs.uz

Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'8,96'soʻmga oshdi va'12 610,04'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'53,26'soʻmga tushib,'13 720,98'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,'22'soʻmga pastlab,'143,28'soʻmni tashkil qildi.

11 Aug 03:44
 
31
0
xs.uz

Xorazmda gʻisht zavodi qariyb 4,8 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagani maʼlum boʻldi

Xorazm viloyatida gʻisht ishlab chiqarish zavodi 4 mlrd 786 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, energiya resurslari talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida Gurlan tumanidagi gʻisht ishlab chiqarish zavodida yirik oʻgʻrilik holati fosh etilgan.Unga koʻra, Tumandagi 'X.Sh.' MChJ rahbari E.S. jamiyatga qarashli gʻisht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish