Argentina terma jamoasi Amerika kubogi finalida Kolumbiyani qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida mag‘lub etib, turnirda eng ko‘p g‘olib bo‘lgan terma jamoaga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.
Argentina bu borada Urugvay terma jamoasini ortda qoldirdi. Urugvay hisobida 15 ta qit’a chempionlik kubogi mavjud. Braziliya terma jamoasi esa shu vaqtga qadar 9 marta Amerika kubogiga ega chiqqan.
Chili, Paragvay va Peru 2 marta, Boliviya va Kolumbiya esa 1 martadan Amerika kubogida g‘olib chiqqan.
Qayd etish joiz, Argentina terma jamoasi Amerika kubogidagi g‘alaba orqali Finalissima kubogi finalida Ispaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Finalissima finali keyingi yil yozda AQSHda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina terma jamoasi yetakchilaridan biri Anxel Di Mariya terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani xabar qilingandi.