Keyingi marra oltin, – deydi olimpiadaning bronza medali sohibi, safdor Muzaffar To‘raboyev
Alpomish avlodidan bo‘lgan asli boysunlik kurashchi Muzaffarbek To‘raboyevning ketma-ket erishayotgan muvaffaqiyatlarini ko‘rib, otasi – milliy kurash bo‘yicha O‘zbekiston va jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Toshtemir Muhammadiyevning qalbi g‘urur va iftixorga to‘lgani shaksiz.
Bolalik chog‘laridan mazkur sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan Muzaffarbek bugungi kungacha yurtimiz va xalqaro doiradagi turli musobaqalarda 30 dan ortiq medal va kuboklarni qo‘lga kiritib, o‘zining naqadar mahoratli sportchi ekanligini barchaga namoyish etdi.
U ilk bellashuvda qozog‘istonlik Nurlixan Sharxan bilan kuch sinashib, raqibini qisqa fursatda «ippon» bahosi bilan mag‘lub etdi. Chorak finalda Niderlandiya vakili Mixail Korrelni ham dog‘da qoldirdi. Faqat yarim finalda ozarbayjonlik Zelim Kosoyevga imkoniyat boy berildi.
– Murabbiylarim bilan o‘tgan mashg‘ulotlarda to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga qo‘ldan kelgancha tayyorgarlik ko‘rdik, – deydi olimpiada sovrindori Muzaffar To‘raboyev. – Biz sportchilarga barcha sharoitlarni yaratib berayotgani uchun muhtaram Prezidentimizga minnatdorlik bildiraman. Va ishontirib aytamanki, keyingi Olimpiya o‘yinlarida, albatta, g‘olib bo‘laman!
Mixli SAFAROV,
o‘z muxbirimiz.
Eng ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan “Oltin to‘p” Rodriga nasib qildi
Ovoz berish natijalariga ko'ra, 'Manchester Siti' futbolchisi Rodri 2024-yilgi 'Oltin to'p' sohibiga aylandi. Rodri o'tgan mavsumda 'Manchester Siti' bilan birgalikda Angliya chempionligini qo'lga kiritdi, shuningdek, Ispaniya termasi bilan Yevro g'olibiga aylandi va ushbu turnirning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritgandi.Keyingi o'rinlarni mos ravishda Vinisius Junior ('Real'), Jud Bellingem ('Real'), Dani Karvaxal ('Real'), Erling Holand ('Manchester Siti') va Kilian Mbappe ('PSJ'
Oʻzbekistonlik futbolchi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin
Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parijning PSJ klubi oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgani maʼlum qildi. Bu haqda u oʻz X sahifasida yozdi.'PSJ braziliyalik himoyachi Markinosga oʻrinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozitsiya uchun munosib nomzod', deydi u.Shuningdek, 'Foot01' sayti oʻzbekistonlik futbolchini eʼtirof etgan va tez orada uni Yevropaning top-klublarida, jumladan, PSJda koʻrishimiz mumkinligini qayd etgan.'Abduqodir Husanov mavsu
Hasanboy Doʻsmatov 2, Murodjon Ahmadaliyev esa 3 pogʻona pastladi. Yangilangan WBO reytingida 7 nafar bokschimiz joy olgan
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi. Bu haqda tashkilot saytida koʻrish mumkin.Qayd etilishicha, reytingdan 7 nafar bokschimiz joy olgan boʻlib, birgina yurtdoshimiz reyting yetakchisi boʻlib turibdi.Xabar berilishicha, Hasanboy Doʻsmatov (birinchi oʻta yengil vazn (48,8 kg): oʻtgan oydagidan 2 pogʻona pastlab, 10-oʻringa joylashgan boʻlsa, Olimjon Nazarov (oʻta yengil vazn toifasi ' 50,8 kg) oʻtgan oydagidan bir pogʻona yuqorilab, 4
Afroʻza Hamdamova ikki karra jahon chempioni boʻldi
Afroʻza Braziliyada boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatining 16 yoshgacha qizlar guruhida muddatidan avval gʻalaba qozonib, 2 karra jahon chempioniga aylandi. U 10 ta partiyada 9,5 ochko toʻpladi (9 ta gʻalaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanday natija koʻrsatishidan qatʼi nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilgi Afruza oʻtgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida ham muddatidan oldin gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi v