calendar 15 Jul 15:09
eye 161
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Messi tarixdagi eng sovrindor futbolchiga aylandi

image

Bugun, 15 iyul kuni Argentina terma jamoasi finalda Kolumbiya terma jamoasini mag‘lub etdi va Amerika kubogida g‘olib bo‘ldi  Shu tariqa, terma jamoa sardori Lionel Messi tarixda eng ko‘p sovringa ega chiqqan futbolchiga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

Amerika kubogidagi g‘alaba orqali 37 yoshli hujumchi faoliyatidagi 45-sovringa ega chiqdi.  Bu borada Leo braziliyalik himoyachi Dani Alvesni ortda qoldirdi. Alves hisobida 44 ta jamoaviy sovrin mavjud. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha 3-o‘rinni butun faoliyati davomida “Al-Ahli”da o‘ynagan misrlik yarim himoyachi Xosam Ashhur egalladi – 39 ta sovrin.

Amerika kubogida Messi 4 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning iyulidan beri Messi “Inter Mayami”da o‘ynab kelmoqda va u Amerika klubiga Fransiyaning PSJ klubidan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgandi. “Transfermarkt” 37 yoshli futbolchini 30 million yevroga baholamoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 14:17
 
93
0
qalampir.uz

Parij-2024: Sportchilarga Olimpiya shaharchasida alkogol ichish taqiqlanmaydi

Parijdagi Olimpiya shaharchasida spirtli ichimliklar taqiqlanmaydi. Bu haqda jurnalistlarga Avstraliya delegatsiyasi rahbari Anna Mirs ma’lum qildi. “Olimpiya shaharchasida spirtli ichimliklar taqiqlanmagan emas, lekin ziyofatlar ochiq havoda o‘tkazilgani ma’qul. Sportchilar muvaffaqiyatini birgalikda nishonlashi mumkin bo‘ladi, ammo ular musobaqa kuniga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarlicha dam olishni ham yodda tutishlari kerak”, deydi Mirs. Parij Olimpiada

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. O‘sha kuni Ro‘ziboyev Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC 308 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Unga rossiyalik Rinat Faxretdinov raqiblik qiladi.  32 yoshli Faxretdinov MMA'da juda yaxshi statistikaga ega. U shu vaqtga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Oxirgi

27 Jul 11:43
 
134
0
qalampir.uz

Fransiyada poyezdlar harakati tiklanmoqda

Fransiyada elektr tarmoqlariga o‘t qo‘yish oqibatida uzilib qolgan tezyurar poyezdlar qatnovi tiklanmoqda. Bu haqda transport vazir-delegati Patris Vergriyete TF1 telekanaliga bergan intervyusida aytdi. “Yo‘l harakati asta-sekin tiklanmoqda va men ertalabdan beri ishlayotgan ta’mirlash brigadalariga minnatdorlik bildirmoqchiman”, deydi Vergriyete. Ma’lum bo‘lishicha, o‘t qo‘yishdan zarar ko‘rgan Atlantika poyezdi yo‘nalishida poyezdlarning taxminan uchda

23 Jul 10:32
 
62
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Olimpiada ishtirokchilariga omad tiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ommaviy sport va Olimpiya harakatini kengaytirishga oid ishlar yuzasidan axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Hududlarda sport uchun sharoitlarni kengaytirish, seleksiya jarayonlarini raqamlashtirish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi ishlar ham qayd etildi. Davlat rahbariga XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha ham axborot berildi. Nufuzli musobaqa 26 iyul &nd