calendar 15 Jul 14:18
eye 149
comments 0
comments Manba: xs.uz

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi hibsga olindi

image
Pokiston sudi sobiq bosh vazir Imron Xon va uning rafiqasi Bushra Bibini 'Toshaxona davlat gʻaznachiligidan sovgʻalar olishda vakolatlarini suiisteʼmol qilish' bilan bogʻliq yangi ayblovlar bilan 22-iyulga qadar qamoqqa oldi. Bu haqda 'Geo' telekanali xabar berdi.

Pokistonning korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Milliy javobgarlik byurosi yangi ayblovni shanba kuni Islomobod sudi Xon va uning rafiqasi apellyatsiyasini qondirib, noqonuniy nikoh ishi boʻyicha hukmni bekor qilganidan bir kun oʻtmasdan qoʻzgʻatdi.

'Hisobdorlik sudi Milliy javobgarlik byurosiga ikki gumonlanuvchini 'Adiala' qamoqxonasida soʻroq qilishni topshirdi, shuningdek, er-xotinga 22-iyul kuni sudga kelishini buyurdi', ' deyiladi telekanal xabarida.

Oʻz navbatida, sobiq bosh vazir va uning rafiqasining advokati bu hibsga olish noqonuniy ekanini aytib, ularning garov evaziga ozodlikka chiqarish haqidagi arizasi Oliy sudda koʻrib chiqilayotganini qoʻshimcha qildi.

2018 ' 2022-yillar Pokiston hukumatini boshqargan Imron Xon 2022-yilning 10-aprelida oʻziga qarshi oʻtkazilgan ishonchsizlik votumi natijasida lavozimidan chetlashtirilgan edi.

2023-yil avgust oyida Xon Toshaxona davlat xazinasidagi qimmatbaho buyumlarni sotish bilan bogʻliq firibgarlik ishi boʻyicha hibsga olingan. Keyinchalik unga maxfiy telegramma tarqatish bilan bogʻliq davlatga xiyonat va boshqa bir qator ayblovlar qoʻyildi. Xonga qoʻyilgan ayblovlarni koʻrib chiqish chogʻida aksariyati olib tashlangan, biroq sobiq bosh vazir noqonuniy nikoh ishi boʻyicha hibsda qolayotgan edi.

Avvalroq BMTning oʻzboshimchalik bilan hibsga olish boʻyicha ishchi guruhi qamoqdagi Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xonni zudlik bilan ozod qilishni talab qilib, unga nisbatan qoʻzgʻatilgan kamida ikkita ish 'siyosiy motivlar' ekanini va uni siyosiy hayotdan chetlashtirishga qaratilganini aytgandi.

Oʻz navbatida, Pokiston Adliya vaziri Aʼzam Nazir Tarar sobiq bosh vazir Imron Xonga qarshi sud jarayonlarini Pokistonning ichki ishi deb atadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 20:48
 
89
0
xs.uz

Obamalar Harrisni alqadi

Sobiq prezident Obama va sobiq birinchi xonim Mishel Obama qo'shma bayonotda Harrisning xarakteri va kuchiga ishonini qayd etishdi. Ular ushbu nomzodni qo'llash uchun qo'lidan keladigan barcha ishni qilishini aytdi.Obamalar Harrisning Kaliforniya Bosh prokurori, AQSH senatori va vise-prezidenti sifatida ishlagan faoliyatini alqagan.'U Bayden poygadan chiqqanidan buyon bir necha kun ichida mamlakat bo'ylab bir qator saylovoldi tadbirlarini o'tkazdi. 25-iyul kuni Xyustondagi Amerika o'qituvchilar

26 Jul 10:21
 
51
0
xs.uz

Rus armiyasida oʻzgarish, Netanyahuning dushmanlari va Kongressdagi nutqi (+video)

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladiJo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanidan buyon birinchi marta nutq soʻzladi. U oʻzi erishgan yutuqlar, kamtarligi haqida gapirgan.'Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli' dedi Qoʻshma Shtatlar

26 Jul 10:19
 
48
0
qalampir.uz

Markaziy Osiyo banklari Rossiyadan to‘lovlarni sekinlashtirmoqda – OAV 

Rossiya tadbirkorlarining Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi banklar orqali to‘lovlarni rad etishlari ulushi iyul oyida 30 foizga oshdi. Bu haqda bugun, 25 iyul kuni RBK xabar berdi.  Qayd etilishicha, to‘lov muddati taxminan 15 foizga ikki haftaga oshgan. Bu muammo Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston banklariga ta’sir qilgan. Ular Rossiya kompaniyalaridan qo‘shimcha hujjatlar va tushuntirishlarni talab qila boshlagan. Gap ta’sischilar, mijozlar, bitiml

26 Jul 10:21
 
51
0
xs.uz

Kamala Xarrisning AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonish imkoniyati oshdi

'Ipsos'ning 22 va 23-iyul kunlari oʻtkazgan soʻroviga koʻra, respondentlarning 44 foizi Xarrisni qoʻllab-quvvatlagan. 42 foizi esa AQSHning sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz berishga tayyorligini bildirgan.'Bir qator bukmekerlik idoralarining fikricha, noyabr oyida vitse-prezident Kamala Xarrisning prezidentlikka saylanish ehtimoli soʻnggi 24 soat ichida sezilarli darajada oshgan', deyiladi manbada.Maqolada aytilishicha, 'Bet365' bukmekerlik kompaniy