calendar 26 Jul 10:21
eye 47
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kamala Xarrisning AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonish imkoniyati oshdi

image
'Ipsos'ning 22 va 23-iyul kunlari oʻtkazgan soʻroviga koʻra, respondentlarning 44 foizi Xarrisni qoʻllab-quvvatlagan. 42 foizi esa AQSHning sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz berishga tayyorligini bildirgan.

'Bir qator bukmekerlik idoralarining fikricha, noyabr oyida vitse-prezident Kamala Xarrisning prezidentlikka saylanish ehtimoli soʻnggi 24 soat ichida sezilarli darajada oshgan', deyiladi manbada.

Maqolada aytilishicha, 'Bet365' bukmekerlik kompaniyasi soʻrovnoma eʼlon qilinishidan oldin Xarrisning gʻalaba qozonish ehtimolini 36,4 foizga baholagan. Ammo keyin bu koʻrsatkich 40 foizga koʻtarilgan. Tadqiqot natijalari eʼlon qilinishidan oldin AQSH vitse-prezidenti imkoniyatlarini 36,4 foiz, deb baholagan 'William Hill' kontorasi endi bu ehtimolni 42,1 foizga oshirgan. Soʻrovnomaga Xarrisning prezidentlikka saylanish imkoniyatini 38,1 foizga baholagan 'Sky Bet' endi bu koʻrsatkichni 42,1 foizga koʻtardi.

Oʻz navbatida, 'Polymarket' onlayn-servisi Trampning gʻalaba qozonish imkoniyatlarini amaldagi davlat rahbari Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini eʼlon qilganidan keyin 62 foizga baholagandi. Shu bilan birga, 22-iyuldan 24-iyulga qadar mamlakat vitse-prezidentining imkoniyatlari 30 dan 35 foizga oshirdi.

Bayden 21-iyul kuni ikkinchi muddatga saylanmasligini eʼlon qildi va saylovda vitse-prezident Kamala Xarris nomzodini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

AQSHda prezidentlik saylovlari 5-noyabrga belgilangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 15:13
 
60
0
qalampir.uz

Koronavirusga chalingan Baydenning ahvoli qanday?

Koronavirusga chalingan AQSH Prezidenti Jo Baydenning ahvoli so‘nggi 24 soat ichida sezilarli darajada yaxshilandi. Oq uy matbuot xizmati Amerika yetakchisining davolovchi shifokori Kevin O’Konnorning shu haqdagi bayonotini e’lon qildi. “Bundan kelib chiqadiki, yo‘tal va bo‘g‘iq ovoz Baydenning kasallikning asosiy alomatlaridir, ammo payshanbaga nisbatan sezilarli yaxshilanish mavjud. AQSH Prezidentining yurak urishi, qon bosimi va nafas olishi normal”, deydi O&r

16 Jul 10:38
 
115
0
xs.uz

Jurnalist Gʻarb yetakchilari uchun dahshatli xabar haqida maʼlum qildi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning agar Donald Tramp AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonsa darhol Ukraina mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori boʻlishi mumkinligi haqidagi bayonoti Gʻarb yetakchilari uchun yomon yangilik hisoblanadi. Bu fikrlarni irlandiyalik jurnalist Chey Bouz aytib oʻtdi.'Ukrainadagi falokatdan ichki muvaffaqiyatsizliklarini chalgʻitish uchun foydalanayotgan Yevropa Ittifoqi va AQSH uchun bu yanada dahshatli yangilik', deydi jurnalist.Orban Tramp bi

11 Jul 15:12
 
222
0
xs.uz

Dmitriy Medvedev Ukraina prezidentini “xudosiz masxaraboz” deb atadi

U Zelenskiyning radikal millatchilar bilan aloqalari va Gʻarbning koʻmagi tinchlik muzokaralariga toʻsiq boʻlayotganini tilga olib, sulhning amalga oshishiga shubha bildirgan va Ukraina prezidentini 'xudosiz masxaraboz', deb atagan.Medvedev AQSH rahbariyatidagi oʻzgarish Ukraina elitasini muzokaralar sari undashi mumkinligini taʼkidlab, ammo bu Rossiyaga foyda keltirishiga shubha qildi. Uning aytishicha, Rossiya faqat Ukraina mojaro natijalarini tan olsa va NATOga aʼzolikni rad etsagina m

19 Jul 18:33
 
58
0
xs.uz

Ukraina Qrimga hujum qildi. Rossiya Kiyevni “terrorchilik”da ayblamoqda

Ukraina Qrimga dronlar orqali hujumini uyushtirdi. 'Newsweek' nashri xabariga koʻra, hujumda oʻnlab zamonaviy dronlardan foydalanilgan va bu Kiyevning Moskva mudofaasi va Qora dengiz flotiga zarba berish harakatlarini davom ettirayotganini anglatadi.Qayd etilishicha, Moskva havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Qrim ustida 33 ta, Rossiyaning Bryansk viloyatida esa ikkita uchuvchisiz dronlarni urib tushirgan.Qora dengiz floti joylashgan Sevastopol shahri aholisi kuchli portlash ovozini eshitga