calendar 15 Jul 13:10
eye 378
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Shaxrixonsoydan topilgan qiz qirg‘izistonlik bo‘lib chiqdi

image

Avvalroq, Andijon viloyatidagi Shaxrixonsoydan voyaga yetmagan qizning jasadi topilgani xabar qilingandi. Endilikda qiz Qirg‘izistondan ekani aytilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

"Xo‘jaobod tumanidagi Shahrixonsoydan topilgan taxminan 5-6 yoshli qizaloq Osh shahridagi oiladan ekani tasdiqlanmoqda. Yuborilgan fotosurat orqali Oshdagi oila vakili bu qizaloq uning o‘z oilasidan ekanini tasdiqlagan", deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, hozirda oila vakili Xo‘jaobod tumani sari yo‘lga chiqqan. Viloyat hokimligi va tegishli organlar tomonidan mazkur oilani qo‘llab-quvvatlash harakatlari tashkil etildi.

Qirg‘iziston nashrlarining yozishicha, qizning jasadi “Do‘stuk” chegara posti orqali Qirg‘iziston tomoniga topshirilgan. Qutqaruvchilar ikki ayol va yana ikki qizni qidirishni davom ettirmoqda

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonning O‘sh viloyati va O‘sh shahrida kecha, 14 iyul kuni kuchli sel kelishi kuzatilib, Toloykon qishlog‘i va “Bo‘riboy-ota” dam olish maskanida bozor va yo‘llar suvga to‘lgandi. Voqea joyiga 46 nafar qutqaruvchi yetib borgan va joylarda qolib ketgan 420 kishi evakuatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kuchli sel tufayli Andijon viloyatining Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari o‘rtasidagi Yorqishloq qishlog‘ida ko‘prik qulab tushgani haqida xabar berilgandi.  


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:36
 
26
0
xs.uz

Rossiya Ichki ishlar vaziri foyda keltirmaydigan migrantlarni davlatdan chiqarib yuborishga chaqirdi

Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev Rossiya uchun 'foydasiz' boʻlgan migrantlar mamlakatni tark etishi lozimligini aytdi. Bu haqda 'RBK' xabar qildi.'Koʻchalarda va turar joy sektorida noqonuniy migrantlar boʻlmasligi kerak. Ishini yoʻqotganlar, OTMdan haydalganlar, daktiloskopiyadan oʻtmaganlar, til oʻrganmayotganlar, Rossiya jamiyatiga foyda keltirmayotganlar mamlakatimizni tark etishi kerak', degan vazir.IIV rahbari masʼullarni migrantlar oʻrtasidagi jinoyatchilikka qarshi

13 May 14:37
 
61
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi parlamentlararo komissiyasining beshinchi majlisi Samarqandda boʻlib oʻtdi

2025-yil 12-may kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda ikki mamlakat oʻrtasidagi bugungi munosabatlar holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish masalasi asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi.Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni k

13 Jun 00:38
 
74
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev JBIC boshqaruvchisini qabul qildi

Toshkent investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Yaponiyaning ushbu yetakchi moliyaviy instituti ishtirokidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va qo'shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko'rib chiqildi.JBIC mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga hissa

31 May 08:49
 
56
0
xs.uz

Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi

Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda