calendar 15 Jul 12:03
eye 74
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ispaniya uchun magʻlubiyatlar uchun «o‘ch» olish, Angliyaga esa ilk bosh sovrinni yutish imkoniyati

image
Bugun futbol boʻyicha Yevropa chempionati finalida Ispaniya va Angliya terma jamoalari oʻzaro bellashadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 boshlanadi.

Mazkur jamoalar shu paytgacha 27-marta oʻzaro bahslashgan. Ularning 13 tasida Angliya, 10 tasida Ispaniya gʻalaba qozongan. Toʻrt bellashuvda gʻolib nomi aniqlanmagan. Ushbu oʻyinlarning 19 tasi oʻrtoqlik maqomidagi bahslar hisoblanadi.

Angliya va Ispaniya rasmiy musobaqalarda sakkiz bor bir-biriga qarshi maydonda saf tortgan. Jumladan, ikki bor UYEFA millatlar ligasida, ikki marta Yevropa chempionati final bosqichida, yana shunchadan jahon chempionati final bosqichi va Yevropa chempionati saralashida oʻzaro hisob-kitob qilgan. Ushbu oʻyinlarning 4 tasida Angliya, 2 tasida Ispaniya gʻalaba qozongan. Ikki bahs durang bilan yakunlangan.

Angliya va Ispaniya Yevropa chempionati final bosqichida ilk bora 1968-yilda bellashgan. Ushbu musobaqaning ¼ bosqichida inglizlar ispanlarni 1:0 hisobida yenggan.

Ushbu jamoalar 1996-yil tashkil etilgan 'Yevro'ning ham ¼ finalida bir-biriga qarshi maydonga chiqqan. Oʻyinning asosiy vaqti 0:0 hisobi bilan yakunlanadi. Penaltilar seriyasida esa 4:2 hisobida inglizlar gʻalaba qozongan. Eʼtiborli jihati, ayni shu oʻyinda hozirgi Angliya terma jamoasining bosh murabbiyi Garet Sautgeyt futbolchi sifatida oʻz vatani sharafini himoya qilgan.

Xoʻsh, bu safargi 'Yevro'da ustunlik kim tarafda?

Koʻpchilik futbol muxlisu mutaxassislari finalda ispanlarning imkoniyatini yuqori baholamoqda. Chunki Ispaniya pley-off bosqichida Germaniya, Portugaliya kabi kuchli terma jamoalarni musobaqadan chiqarib yubordi.

Ammo Angliya ham pley-offda kuchsiz raqiblarga duch kelmadi. Ayniqsa, yarim finalda Niderlandiyani magʻlub etgani uning bosh sovrin uchun imkoniyatlarini oshirib yubordi. Qolaversa, bu Garet Sautgeyt bosh murabbiyligidagi Angliyaning Yevropa chempionatining ikkinchi finali hisoblanadi. Bu murabbiy shogirdlari bilan 2020-yilda oʻtkazilgan 'Yevro'ning ham finaliga qadar yetib kelib, Italiyaga yutqazib qoʻygandi. Shu bois koʻpchilik inglizlar oʻsha oʻyinda yoʻl qoʻygan xatolardan toʻgʻri xulosa chiqargan, deb hisoblamoqda.

Maʼlumot uchun aytib oʻtamiz, shu paytda Ispaniya terma jamoasi Yevropa chempionatlarida uchta oltin (1964, 2008, 2012), bitta kumush (1984) medalni qoʻlga kiritgan.

Angliya esa 1968, 1996-yillarda bronza, 2020-yilda esa kumush medal egasi boʻlgan.

Xoʻsh, ispanlar avvalgi 'Yevro'lardagi magʻlubiyat uchun inglizlardan 'qasos' oladimi?

Inglizlar esa Yevropa chempionatlaridagi ilk bosh sovrinini qoʻlga kiritadimi?

Ushbu savollarning barchasiga bugun Berlindagi 'Olimpiya' stadionida oʻtkaziladigan uchrashuvda aniqlik kiritiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 09:22
 
73
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining yakuniy qaydnomasi e’lon qilindi

Tarixda ilk bor Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadigan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Parij mezbonlik qiladigan to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasi uchun qaydnomasi e’lon qilindi.  Reglamentga ko‘ra, turnir uchun yakuniy qaydnomadan 18 futbolchi o‘rin olgan. Yana 4 nafar futbolchi 18 nafar o‘yinchidan kimdir jarohat olsa, tarkibga qo‘shiladi.  Barcha futbolchilar 1-raqamdan 18-raqamgacha tartiblanadi. Qo‘shimcha 4 nafar fut

27 Jul 16:55
 
75
0
xs.uz

Yoʻldoshevning pozitsiyasi kim bilan toʻldirishi aniq boʻldi

OʻFAning Ibrohimhalil Yoʻldoshev oʻrniga Alisher Odilovni qaydnomaga kiritish yuzasidan tashkiliy qoʻmitaga yuborgan soʻrovi qabul qilindi. Bu haqda assotsiatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, endilikda Odilov Misrga qarshi oʻyinda roʻyxatdan oʻrin egallashi mumkin.

03 Sep 21:36
 
27
0
xs.uz

Bobur Omonov – ikki karra Paralimpiya oʻyinlari chempioni!

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F41 klassida yadro uloqtirish dasturida qatnashgan hamyurtimiz Bobur Omonov 14.32 metr natija qayd etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.Eʼtiborlisi, vakilimiz ushbu natijasi orqali oʻzi tomonidan 2021-yil Tokioda oʻrnatilgan Paralimpiya oʻyinlari rekordini ham yangiladi.Maʼlumot uchun, Bobur Omonov bundan avval 'T

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi MMA jangchilari e’lon qilindi

Amerikalik jangchi Jon Jons XXI asrning aralash yakkakurashlari bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar jangchilar reytingida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Bu borada kuchli uchlikka kanadalik Jorj Sent-Per va braziliyalik Anderson Silva  kiritilgan. Rossiyalik jangchilar Habib Nurmuhammedov va Fyodor Yemelyanenko 5 va 6-o‘rinlarda qayd etilgan. XXI asrning eng yaxshi 10 nafar MMA jangchisi: 1. Jon Jons (27-1-0-1); 2. Jorj Sent-Per (26-2); 3. Anderson Silva (34-11-