calendar 20 Jul 09:22
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining yakuniy qaydnomasi e’lon qilindi

image

Tarixda ilk bor Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadigan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Parij mezbonlik qiladigan to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqasi uchun qaydnomasi e’lon qilindi. 

Reglamentga ko‘ra, turnir uchun yakuniy qaydnomadan 18 futbolchi o‘rin olgan. Yana 4 nafar futbolchi 18 nafar o‘yinchidan kimdir jarohat olsa, tarkibga qo‘shiladi. 

Barcha futbolchilar 1-raqamdan 18-raqamgacha tartiblanadi. Qo‘shimcha 4 nafar futbolchiga ehtiyoj paydo bo‘lsa, ular 19-22 raqami tushirilgan liboslarda to‘p tepadi.

Ma’lumot uchun, “C” guruhidan joy olgan Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston Ispaniya, Dominikan va Misr termalariga qarshi bahs olib boradi. “Oq bo‘rilar” dastlabki yurishini 24 iyul kuni “qizil furiya”ga qarshi bahs bilan boshlaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 15:46
 
67
0
xs.uz

Bu turnir Messi uchun oxirgisi boʻladi. Futbolchining oʻzi buni tasdiqladi

Futbol yulduzi, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 'Copa America ' 2024' sportchi uchun soʻnggisi boʻlishini aytib oʻtdi. U bu haqda 'Mundo Deportivo' nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.'Bu Argentina uchun qiyin Amerika kubogi boʻldi, jamoalarning tarkibi teng. AQSHdagi musobaqada maydonlar juda yomon, havo harorati esa juda baland. Men uchun bu oxirgi Amerika kubogi. Biz Di Mariya va Otamendi bilan birga 2-yil oldin soʻnggi Jahon chempionatimizda toʻp tepgan edik, hozir

15 Jul 12:02
 
42
0
qalampir.uz

Eronlik futbolchi “Inter” klubi a’zosiga aylandi

Italiyaning “Inter” klubi “Portu”ning 31 yoshli hujumchisi Mehdi Taremi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Eronlik futbolchining Portugaliya klubi bilan shartnomasi o‘tgan mavsum oxirida yakuniga yetdi va u erkin agent sifatida “Inter”ga o‘tdi. Taremi 2018 yilda Qatar klubiga ko‘chib o‘tgunga qadar Eronning bir qator jamoalarida faoliyat yuritgan.  U “Al-Garafa”da ikki mavsum o‘ynagach, Yevropa

26 Aug 12:29
 
25
0
xs.uz

Abu Dhabi Chess Festival 2024: Nodirbek Yaqubboyev chempion boʻldi

BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida shaxmat boʻyicha nufuzli turnir oʻz nihoyasiga yetdi.Nodirbek ochkolar teng boʻlishiga qaramasdan, qoʻshimcha koʻrsatkichlarga koʻra chempionlikni qoʻlga kiritdi. U Abu-Dabi Masters turnirida biror marotaba magʻlubiyatga uchramagan holda, 9 turdan 7 ochko toʻpladi. Yaqubboyev gʻoliblik bilan birgalikda 30000 AQSH dollarini ham oʻziniki qilib oldi. Yana bir yurtdoshimiz Shamsiddin Vohidov ham 7 ochko toʻplagan boʻlsada, qoʻshimcha natijalar boʻyich

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi MMA jangchilari e’lon qilindi

Amerikalik jangchi Jon Jons XXI asrning aralash yakkakurashlari bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar jangchilar reytingida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Bu borada kuchli uchlikka kanadalik Jorj Sent-Per va braziliyalik Anderson Silva  kiritilgan. Rossiyalik jangchilar Habib Nurmuhammedov va Fyodor Yemelyanenko 5 va 6-o‘rinlarda qayd etilgan. XXI asrning eng yaxshi 10 nafar MMA jangchisi: 1. Jon Jons (27-1-0-1); 2. Jorj Sent-Per (26-2); 3. Anderson Silva (34-11-