calendar 15 Jul 12:03
eye 53
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rossiya osmonlari xavflimi? 2011-yildan beri mamlakatda fuqaro aviatsiyasi bilan bogʻliq 17 ta aviahalokat yuz berdi

image
Moskva viloyatlararo transport prokuraturasi aviamashina 'Gazprom Avia' kompaniyasiga tegishli ekanliginif maʼlum qildi. Agentlikning qoʻshimcha qilishicha, samolyot taʼmirdan keyin zavoddan havoga koʻtarilgan va 'Vnukovo' aeroportiga yoʻl olgan.

Bu 2011-yildan beri Rossiyada fuqarolik aviatsiyasi bilan bogʻliq 17-aviahalokat hisoblanadi.

2023-yilning 23-avgust kuni Tver viloyatidagi Kujenkino qishlogʻi yaqinida 'Embraer Legacy' biznes-jeti halokatga uchradi. Samolyot bortida oʻn kishi, jumladan, uch ekipaj aʼzosi boʻlgan. Ularning hammasi vafot etdi. Halokatga uchragan samolyot biznes transportiga ixtisoslashgan 'MNT-Aero' MCHJga tegishli boʻlgan. Federal havo transporti agentligi eʼlon qilgan yoʻlovchilar roʻyxatiga koʻra, bortda 'Vagner guruhi' rahbari Yevgeniy Prigojin ham bor edi.

2021-yilning 10-oktyabr kuni Tataristonda mahalliy Armiya, aviatsiya va dengiz flotiga yordam koʻrsatish ixtiyoriy jamiyati uchish klubining 'L-410' samolyoti Menzelinskda halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqtda uning bortida 20 nafar desantchi va ikki nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Aiahalokatda 16 kishi halok boʻldi, olti kishi yaralandi..

2021-yilning 6-iyul kuni Kamchatka aviatsiya korxonasiga tegishli 'An-26' samolyoti Petropavlovsk ' Kamchatskiy ' Palana yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotganda halokatga uchradi. Fojiada havo kemasi bortida boʻlgan 28 kishi hayotdan koʻz yumdi.

2019-yilning 5-may kuni Sheremetevo aeroportidan havoga koʻtarilayotgan va Moskvadan Murmanskga uchayotgan 'Sukhoi Superjet 100' layneri bortida kuchli yongʻin sodir boʻldi. 28 daqiqalik parvozdan soʻng ekipaj zudlik bilan poytaxt aeroportiga qaytishga qaror qildi. Samolyot ikkinchi urinishdagina qoʻnishga muvaffaq boʻldi. Qattiq qoʻnish vaqtida uning qoʻnish moslamasi sinib ketdi va dvigatellar yonib ketdi, soʻngra olov butun dum qismiga tarqaldi va 41 kishi halok boʻldi. 33 yoʻlovchi va toʻrt ekipaj aʼzosi fojiadan omon qolishga muvaffaq boʻldi.

2018-yilning 11-fevral kuni Moskvaning Domodedovo aeroportidan Orskga uchayotgan 'An-148' samolyoti havoga koʻtarilganidan ikki daqiqa oʻtib radarlardan gʻoyib boʻldi. Havo kemasi bortida 65 nafar yoʻlovchi, jumladan, uch nafar bola va olti nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Samolyot qoldiqlari Moskva viloyatining Ramenskiy tumanida topildi. Afsuski, havo kemasidagi barcha inson halok boʻlgan edi.

2017-yilning 15-noyabr kuni Xabarovsk oʻlkasida mahalliy vaqt bilan soat 13.30da Ayano-Mayskiy tumani Nelkan qishlogʻidagi aeroportdan ikki kilometr uzoqlikda Xabarovsk ' Nikolayevsk-na-Amur ' Nelkan yoʻnalishi boʻyicha ketayotgan 'L-410' samolyoti radardan gʻoyib boʻladi. Samolyot bortida yetti kishi, jumladan ikki ekipaj aʼzosi boʻlgan. Olti kishi halok boʻldi. Fojiadan 3,5 yoshli qizcha omon qoladi.

2016-yilning 25-dekabr kuni ertalab Suriyaga yoʻl olgan Rossiya Mudofaa vazirligining 'Tu-154' samolyoti Sochi aeroportidan havoga koʻtarilganidan bir necha daqiqa oʻtib halokatga uchradi. Samolyot bortida 92 kishi ' sakkiz nafar ekipaj aʼzosi va 84 nafar yoʻlovchi, jumladan sakkiz nafar harbiy xizmatchi, Aleksandrov nomidagi ansamblning 64 nafar artisti, Rossiya telekanallarining toʻqqiz nafar vakili, 'Adolatli yordam' xayriya jamgʻarmasi rahbari, Doktor Liza nomi bilan tanilgan Yelizaveta Glinka, ikki nafar federal davlat xizmatchisi, Birinchi kanal, NTV va 'Zvezda' telekanali jurnalistlari halok boʻlgan.

2016-yilning 1-iyulida Irkutsk viloyatida yirik oʻrmon yongʻinlarini oʻchirish bilan band boʻlgan 'Il-76' samolyoti aloqaga chiqmadi. Quruqlikdagi qutqaruv guruhi Ribniy Uyan qishlogʻidan janubda, tepaliklardan birining yonbagʻrida qulagan 'Il-76' samolyotini topdi. Ekipajning barcha ' oʻn aʼzosi halok boʻldi.

2016-yilning 19-mart kuni Rostov-Donda Dubaydan uchayotgan 'Boeing 737-800' yoʻlovchi samolyoti halokatga uchradi. Havo kemasi yomon koʻrish sharoitida qoʻnayotganda uchish-qoʻnish yoʻlagining chap tomoniga qulagan. Samolyot bortida 55 yoʻlovchi va yetti nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan, ularning barchasi halok boʻlgan.

2014-yil 21-oktyabrga oʻtar kechasi 'Vnukovo' aeroportida 'Unijet' aviakompaniyasining 'Falcon 50EX' yengil motorli samolyoti qor tozalash mashinasi bilan toʻqnashib, parvoz paytida qulab tushdi. Halokatda toʻrt kishi halok boʻldi. Ulardan biri Fransiyaning 'Total' energetika konserni prezidenti Kristof de Marjeri edi. Qolganlar esa havo kemasining ekipaj aʼzolari boʻlgan.

2013-yilning 17-noyabr kuni Tatariston havo yoʻllari kompaniyasining Moskvadan uchib kelayotgan 'Boeing 737' yoʻlovchi samolyoti Qozon aeroportiga qoʻnayotganda halokatga uchradi. Samolyot halokati olti ekipaj aʼzosi va 44 yoʻlovchining hayotiga zomin boʻldi.

2012-yil 11 syentabrda Kamchatka aviatsiya korxonasi Federal davlat unitar korxonasiga tegishli oddiy 'An-28' samolyoti Palana qishlogʻi yaqinida gʻoyib boʻldi. Petropavlovsk-Kamchatskiydan Palanaga uchayotgan samolyot bortida 13 kishi boʻlgan. Samolyot Palanadan 10 kilometr uzoqlikdagi chakalakzorda topildi. Halokatda 10 kishi halok boʻldi.

2012-yilning 2-aprelida Tyumendan Surgutga parvoz qilayotgan 'UTair' aviakompaniyasining 'ATR-72' samolyoti Tyumen aeroportidan uchish vaqtida halokatga uchradi. Samolyot bortida 43 kishi ' 39 yoʻlovchi va toʻrt nafar ekipaj aʼzosi bor edi. Fojiada 33 kishi halok boʻlgan.

2017-yilning 15-noyabr kuni Xabarovsk oʻlkasida mahalliy vaqt bilan soat 13.30da Ayano-Mayskiy tumani Nelkan qishlogʻidagi aeroportdan ikki kilometr uzoqlikda Xabarovsk ' Nikolayevsk-na-Amur ' Nelkan yoʻnalishi boʻyicha ketayotgan 'L-410' samolyoti radardan gʻoyib boʻladi. Samolyot bortida yetti kishi, jumladan ikki ekipaj aʼzosi boʻlgan. Olti kishi halok boʻldi. Fojiadan 3,5 yoshli qizcha omon qoladi.

2011-yilning 7-sentyabr kuni 'Yak Servic' aviakompaniyasining 'Yak-42' samolyoti Yaroslavl viloyatidagi Tunoshna aeroportidan parvoz qilish vaqtida halokatga uchradi. Samolyot bortida Minsk (Belarus)dagi oʻyinga uchayotgan 'Lokomotiv' (Yaroslavl) xokkey jamoasi boʻlgan. Samolyotda jami 45 kishi ' 37 yoʻlovchi va sakkiz nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Halokatdan ikki kishi omon qoldi ' xokkeychi Aleksandr Galimov va bort muhandisi Aleksandr Sizov, ammo 12-sentyabr kuni Galimov Moskvadagi Vishnevskiy nomidagi jarrohlik institutida olgan jarohatlaridan vafot etdi.

2011-yil 21-iyun kuni Moskvadan Petrozavodskga (Kareliya) uchayotgan 'RusAir' aviakompaniyasining 'Tu-134' samolyoti murakkab ob-havo sharoitida Petrozavodsk aeroportidan bir kilometr uzoqlikdagi shossega qattiq qoʻndi. Qoʻnish vaqtida samolyotning fyuzelyaji qulab tushgan va yongʻin sodir boʻlgan. Bortdagi 52 yoʻlovchi va ekipaj aʼzosidan 44 nafari halok boʻlgan. Sakkiz nafar jabrlanuvchi ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan, ulardan ikki nafari, bir bola va bir qiz keyinchalik shifoxonalarda vafot etgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir

08 Sep 16:45
 
19
0
xs.uz

Pokrovskda vaziyat qanday? Zelenskiy Germaniyada

Ukraina harbiy qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumini himoya qilib chiqdi. Rasmiylarning taʼkidlashicha, hujum Rossiyaning Pokrovsk shahriga intilishini sekinlashtirgan va bu strategiyaning bir qismidir. 'CNN'ga koʻra, Sirskiy Pokrovskni yoʻqotmaslik uchun hamma narsani qilmoqda. Qoʻmondonning qoʻshimcha qilishicha, dushman soʻnggi 6 kun ichida bir metr ham siljimagan. Kiyev Kurskning 1,300 kvadrat kilometr hududini nazorat qilayotgani aytilmoqda.Payshanba kuni

25 Sep 13:14
 
16
0
xs.uz

Hizbulloh Isroil bilan “ochiq hisob-kitob jangi”ga kirganini maʼlum qildi

Isroilning Livan hududiga raketalar uchirishni boshlashi bilan Hizbulloh Tel-aviv bilan 'ochiq hisob-kitob jangi'ga kirganini eʼlon qildi. Qayd etish kerakki, Isroil Livan janubiga deyarli bir yil ichida eng kuchli havo hujumlarini uyushtirgan. Bu ikki tomon oʻrtasidagi ziddiyatning sezilarli darajada kuchayishiga olib keldi. 'Guardian' nashri bu haqda maʼlum qilgan.Xabar qilinishicha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Hizbulloh va Isroil oʻzaro oʻq uzishda davom etar ekan, mintaqa 'halokat'

25 Sep 13:14
 
13
0
xs.uz

Ukraina olov purkaydigan itlarni jangga kiritdi (+video)

Ukraina Rossiyaga qarshi kurash doirasida harbiy amaliyotlariga robot-itlarni kiritdi. Ushbu robotlar oʻq-dorilarni etkazib berish, kuzatuvni amalga oshirish va frontda askarlarni qoʻllab-quvvatlashga qodir. Yaqinda olingan videoda bu robot-itlardan biri dron tomonidan tashlab ketilgani, soʻngra oʻz-oʻzidan dalada yurganini koʻrish mumkin. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, robot itlarning jangga qoʻshilishi Ukrainaga harakatlanish qiyin hududlarda maʼlumot toʻ