calendar 15 Jul 12:03
eye 56
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sakkiz nafar kongressmen Trampga suiqasd uyushtirilishida Baydenni ayblamoqda

image
Sakkiz nafar respublikachi kongressmen AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden oʻzidan oldingi prezident Donald Trampga suiqasd uyushtirilishida aybdor ekanini aytdi.

'Bayden kampaniyasining diqqat markazi shundaki, Donald Tramp avtoritar fashist, uni har qanday holatda ham toʻxtatish kerak. Bu ritorika bevosita Trampga suiqasd uyushtirishga olib keldi', deb yozdi Ogayo shtatidan respublikachi senator Jeyms Devid Vens oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

Vakillar palatasi aʼzosi va Tramp tarafdori Uesli Xantning 'X' ijtimoiy tarmogʻida yozishicha, Baydenning ritorikasi siyosiy zoʻravonlikka olib kelgan.

Pensilvaniya shtatining Butler okrugining prokurori, kongressmen Mayk Kollinz Baydenga qarshi qotillikka undash ayblovlari qoʻyishi kerakligini taʼkidlamoqda.

Respublikachi Keyt Self esa har bir amerikalik amaldagi prezidentning Trampga qarshi zoʻravonlik qilinishiga undaganidan gʻazablanishi kerakligini aytdi.

Kongressmenlar Loren Boebert, Marsha Blekbern, Nik Lalota va Klaudiya Tenni ham ushbu suiqasdda Baydenni ayblamoqda.

Avval xabar berganimizdek, bugun AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi.

Hodisa u Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida yuz berdi. Tramp qulogʻidan yaralandi va xavfsizlik xizmati xodimlari qurshovida voqea joyini tark etdi.

Maxfiy xizmat oʻq uzgan odamni oʻldirgan. Hodisa oqibatida saylovoldi miting ishtirokchilaridan biri halok boʻlgan, yana ikki nafari ogʻir yaralangan.

AQSH prezidenti Jo Bayden Trampning tuzalib ketishi uchun ibodat qilayotganini aytdi. Keyinroq, Bayden Tramp bilan telefon orqali gaplashgani haqida xabarlar tarqaldi.

Federal qidiruv byurosi ushbu hodisa boʻyicha tergovda asosiy vazifani oʻz zimmasiga olgan.

Aniqlanishicha, Trampni oʻldirmoqchi boʻlgan shaxs Pensilvaniya shtatida yashagan 20 yoshli Tomas Metyu Kruks boʻlib chiqqan.

Vakillar palatasining Nazorat va javobgarlik qoʻmitasi Donald Trampga suiqasd boʻyicha tergov boshlagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 11:19
 
46
0
qalampir.uz

Minglab namoyishchilar Netanyaxuni AQSHga bormaslikka chaqirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning AQSHga ketishidan bir kun oldin Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroportida minglab kishilar namoyishga chiqdi. Bu haqda kecha, 21 iyul kuni Isroilning “Times of Israel” gazetasi xabar berdi. Namoyishchilar Bosh vazirni HAMAS G‘azo sektorida garovga olingan isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishilmaguncha Vashingtonga uchmaslikka chaqirdi. Xabar qilinishicha, namoyishchilar orasida o‘g‘irlab ketilgan isroilliklarning qarindos

18 Jul 15:22
 
66
0
qalampir.uz

Pelosi Bayden qayta saylanishiga ishonmaydi – CNN 

AQSH Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosining fikricha, Amerikaning amaldagi Prezidenti Jo Bayden saylovda mamlakat sobiq yetakchisi Donald Trampni mag‘lub eta olmaydi. Bu haqda manbalarga tayanib, CNN xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Pelosi Bayden bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida so‘rovlar u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozona olmasligini ko‘rsatayotganini va bu bilan demokratlarni Vakillar palatasida g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum qilishini a

18 Jul 12:04
 
81
0
xs.uz

Sunʼiy yoʻldosh Putinning oʻrmon ichida yashiringan qalʼasini fosh qildi – Newsweek (+Xarita va suratlar)

Sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Moskva shimolidagi Valday shahrida havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan jihozlangan qalʼasi mavjudligini aniqladi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar qildi.Qayd etilishicha, dastlabki hisobotlarda bu yerda faqat bitta 'Pansir' tizimi oʻrnatilgan bunker mavjudligi aytilgan. Biroq yangi tasvirlar hudud atrofida ushbu tizimlardan kamida yettitasi borligini koʻrsatgan. Havo hujumiga qarshi mudofaa vositalarining koʻpayis

16 Jul 09:59
 
56
0
qalampir.uz

AQSHdagi saylovdan oldin Rossiya Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida qatnashishi kerak – Zelenskiy

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning noyabr oyida AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovidan oldin Rossiya ham Ukraina masalasi yuzasidan tinchlik sammitining ikkinchi qismida ishtirok etishi kerakligini aytdi. Bu haqda u bugun, 15 iyul kuni Kiyevdagi matbuot anjumanida so‘z ochdi. Bu sammit Ukrainaning urushni tugatish bo‘yicha keng ko‘lamli diplomatik loyihasi bo‘lib, Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, navbatdagi tinchlik konferensiyasining rejasi noyabrgach