calendar 15 Jul 12:03
eye 58
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda 1,6 mlrd soʻmni talon-toroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

image
Toshkent shahri Uchtepa tumanida boshqaruv servis kompaniyasidagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruvda tumandagi 'K.Ch.' va 'B.' mahallalari aholisiga xizmat koʻrsatuvchi 'A.K.' MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi masʼul shaxslari 2022-yildan 2024-yil iyulga qadar aholidan yigʻilgan jami 1,6 milliard soʻm mablagʻlar sarflangani haqidagi chek, schyot-faktura, yoʻl varaqasi, qayta hisob-kitob qilish va bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirmagani, shuningdek, MCHJ hisob raqamiga kirim qilingan 604,4 million soʻmni naqd koʻrinishda olib, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Aug 06:37
 
21
0
xs.uz

Oʻzbekistonda koʻproq pensiya olish uchun nimalar qilish kerak?

Pensiya jamgʻarmasi fuqarolarga pensiyani rejalashtirish boʻyicha tavsiyalar berdi.Jamgʻarma hozirda aksariyat odamlar oʻz kelajagiga eʼtiborsiz qarab, pensiya yoshiga yetganda afsuslanib qolayotganini maʼlum qildi. Buning asosiy sababi ish stajini yetishmasligi, oylik maosh miqdorining kamligi bilan izohlanadi.Jamgʻarma fuqarolar oʻzi uchun qulay va moliyaviy barqaror keksalikni taʼminlashda imkon qadar erta harakat boshlash lozimligini eslatdi.'Pensiyani rejalashtirish moliyaviy rejal

24 Aug 17:27
 
15
0
xs.uz

Alkogol va tamaki mahsulotlariga milliy, davlatlararo hamda xalqaro standartlar loyihalari tayyorlanadi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasida isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni standartlashtirish boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazildi.Unda alkogol va tamaki sohasini tartibga solish borasida joriy yil 3-iyunda qabul qilingan Farmon va Qarorda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish hamda standartlar, texnologik va sifat darajalarini xalqaro talablarga muvofiqlashtiri

26 Jul 10:18
 
41
0
postda.uz

UMR – TEZLIKDAN MUHIMDIR

Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on tumanida yo'l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan mazkur hududda joylashgan mahalla, tashkilot va aholi gavjum joylarda profilaktik suhbat tashkil etildi.  “Umr – tezlikdan muhimdir” shiori ostida bo'lib o'tgan ushbu tadbirda yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi haydovchilarga mamlakatimizda sodir etilgan yo'l-transport hodisalarining tafsilotlari haqida ma'lumotlar berilib, ularning ayanchli oqibatlari muhokama qilindi. Shuning

26 Jul 10:21
 
44
0
xs.uz

Xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati eʼlon qilindi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,96 soʻmga koʻtarildi va 12 634,00 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 23,61 soʻmga oshib, 13 710,42 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2, 51 soʻmga koʻtarilib, 148,62 soʻmni tashkil qildi.