calendar 24 Aug 17:27
eye 16
comments 0
comments Manba: xs.uz

Alkogol va tamaki mahsulotlariga milliy, davlatlararo hamda xalqaro standartlar loyihalari tayyorlanadi

image
Bosh prokuratura huzuridagi Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasida isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni standartlashtirish boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda alkogol va tamaki sohasini tartibga solish borasida joriy yil 3-iyunda qabul qilingan Farmon va Qarorda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish hamda standartlar, texnologik va sifat darajalarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Soha mutaxassislari va ekspertlardan iborat ushbu ishchi guruhning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

' davlat va isteʼmolchilar manfaatlaridan kelib chiqib milliy, davlatlararo va xalqaro standartlar loyihalarini tayyorlash;

' standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish, qayta koʻrib chiqishda ilgʻor xorijiy tajribani joriy qilish yoʻli bilan, shu jumladan, ularda anʼanaviy va ilgʻor texnologiyalarning, dastlabki talablarni belgilashni hisobga olgan holda koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatdoshligi oshirilishini taʼminlashda ishtirok etish;

' standartlarga oʻzgartirishlar kiritish, qayta koʻrib chiqish va bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;

' standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida uygʻunlashgan siyosatni amalga oshirish boʻyicha manfaatdor tashkilotlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan hamkorlik qilish.

Maʼlumot oʻrnida, ayni paytda sohaga oid jami 88 ta standartlar mavjud boʻlib, shundan 22 tasi xalqaro, 53 tasi davlatlararo va 13 tasi milliy standartlardir.

Shuningdek, isteʼmol etil spirtiga tegishli 16 ta, alkogol mahsulotlariga tegishli 19 ta va texnikaviy etil spirtiga tegishli 53 ta standartlardan amaliyotda qoʻllanilmoqda.

Hozirda ishchi guruhga manfaatdor tashkilotlar tomonidan kiritilgan takliflar koʻrib chiqilib, xalqaro talablarga moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:04
 
17
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi qurilish korxonalarining soliqdan qarzdorligi 1 trillion soʻmdan oshdi

2024-yil 1-avgust holatiga koʻra soliq qarzi 100 mln soʻmdan yuqori boʻlgan Oʻzbekistondagi qurilish korxonalari soni 963 tani tashkil qiladi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi xabar berdi.Mazkur korxonalarning jami qarzi 1 trillion 136 milliard soʻmni tashkil qiladi.Shundan 428 milliard soʻmi, yaʼni 37,7 foizi soliq qarzi eng yirik boʻlgan 10 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi.Bular quyidagi qurilish korxonalari:Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi koʻrsatkichlari quyida

28 Jul 21:06
 
144
0
xs.uz

Savdo sohasidagi korxonalar 6 oyda qancha soliq toʻlagani maʼlum qilindi

Maʼlum qilinishicha, shundan 1,2 trln soʻmi, yaʼni 10 foizi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi.Ularning jami tovar aylanmasi 25,3 trln soʻmni, qoʻllagan soliq imtiyozlari esa 311,9 mlrd soʻmni tashkil etgan.Ushbu 20 ta soliq toʻlovchi tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

08 Sep 16:45
 
7
0
xs.uz

Oʻzbekiston dollar kursi sezilarli koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'57,69'soʻmga oshdi va'12'707,95'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'115,87'soʻmga tushib,'14'099,47'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,01'soʻmga tushib,'140,95'soʻmni tashkil qildi.

19 Jul 16:30
 
61
0
xs.uz

Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'8,96'soʻmga oshdi va'12 610,04'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'53,26'soʻmga tushib,'13 720,98'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,'22'soʻmga pastlab,'143,28'soʻmni tashkil qildi.