calendar 15 Jul 12:03
eye 70
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Korzinka” supermarketlar tarmogʻiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

image
'Korzinka' (Anglesey Food) supermarketlar tarmogʻiga nisbatan tegishli tartibda ish qoʻzgʻatdi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 'Korzinka' tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida 'Kundalik xaridlarga eng arzon narx', 'Eng arzon narx ' Korzinkada', 'html5-dom-document-internal-entity1-hellip-endEng unumlisiga keling!' degan reklamasida foydalanuvchilarni chalgʻitadigan yoki chalgʻitishi mumkin boʻlgan soʻz jumlalaridan foydalanilganligi kuzatilgan.

Mazkur reklama axborotlaridagi maʼlumotlarni oʻrganish natijasida, aksiya doirasida kundalik ehtiyojlar uchun kerak boʻladigan maʼlum bir miqdordagi mahsulotlardan iborat boʻlgan katalog joriy qilinganligi maʼlum boʻlgan.

Qayd etilishicha, 'eng arzon narx' deb eʼlon qilingan mahsulotlarning alohida turlari boʻyicha narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan xuddi shu turdagi mahsulotlar narxiga nisbatan yuqoriligi kuzatilgan. Qoʻmita reklamani bunday koʻrinishda boʻlishi reklamadan foydalanuvchilarni chalgʻitishga olib keluvchi holat deb hisoblagan.

'Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining 'Reklama toʻgʻrisida'gi Qonuni 5-moddasi, 16-moddasi birinchi qismi va Oʻzbekiston Respublikasining 'Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida'gi Qonuni 6-moddasi birinchi qismi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan 'Anglesey Food' MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi', deyiladi xabarda.

Avvalroq, Raqobat qoʻmitasi Buxoroda 'elektroset' qoʻshib yozgani aniqlab, korxonaga nisbatan nisbatan ish qoʻzgʻatgandi.

'

'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 11:15
 
50
0
xs.uz

50 yillik muammo 5 kunda ijobiy yechim topdi

' Men istiqomat qilayotgan hovli-joy bundan 50 yil muqaddam otam tomonidan qurib, bitkazilgan, ' deydi u biz bilan suhbatda. ' Afsuski, shu paytgacha kadastr hujjati boʻlmagan. Bu borada, albatta, oʻzimizning eʼtiborsizligimiz, yetarli huquqiy bilimga ega boʻlmaganligimiz sabab boʻlgan. Bu hayotimiz davomida koʻplab muammolarni keltirib chiqardi. Kelgusida farzandlarim ham shu kabi qiyinchiliklarga duch kelmasligi uchun davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasiga murojaat qi

03 Sep 21:34
 
6
0
xs.uz

Toshkentga mehnati singgan mashhur rassom vafot etdi

Taniqli rassom Vladimir Burmakin 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi xabar berdi.Qayd etish kerakki, u koʻplab jahonga mashhur suratlarning muallifi hisoblanadi. Shuningdek, Toshkentdagi monumental pannolar, jumladan, 'Paxtakor' metro bekati, 'Xalqlar doʻstligi' saroyi va boshqalarning muallifi hamdir.Maʼlum boʻlishicha, 31-avgust kuni taniqli rassom, sanʼat arbobi, Badiiy akademiya aʼzosi, 'Fidokorona xizmatlari uchun' ordeni sohibidir.Vladimir Burmakin 1938-yi

26 Jul 10:20
 
49
0
qalampir.uz

O‘zbekistonlik o‘quvchi qiz Xalqaro nemis tili olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi (video)

Germaniyaning Gyottingen shahrida joriy yilning 15-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Butunjahon nemis tili olimpiadasining final bosqichida o‘zbekistonlik o‘quvchi qiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Dunyoning 62 davlatidan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilgan nemis tili bo‘yicha xalqaro musobaqada Andijon shahridagi 23-maktab o‘quvchisi Rayyona Ibrohimova barcha bosqichlarda

19 Jul 10:44
 
57
0
xs.uz

Toshkentda hokimlik tomonidan qurilgan avtobus bekati 3 kun oʻtmay qulab tushdi

Maʼlum qilinishicha, ushbu bekat tuman hokimligi tomonidan 15-iyul kuni qurilgan. Hodisaga uning ustunlari yaxshi mustahkamlanmagani sabab boʻlgan.Qayd etilishicha, hodisa tunda sodir boʻlgani uchun hech bir fuqaro va yoʻlovchiga zarar yetmagan, hozirda masʼul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda. Fuqarolardan xavfsizlik choralarini koʻrgan holda maxsus avtobus yoʻlaklarida jamoat transportini kutishlari soʻraldi.Maʼlumot uchun, 2- va 5-avtobus saroyi tasarruf