calendar 15 Jul 12:03
eye 70
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Makedonskiy tangasini O‘zbekistondan olib ketishga uringan xitoylik to‘xtatib qolindi

image

Aleksandr Makedonskiy davriga oid qadimiy tangani O‘zbekistondan olib ketishga uringan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 12 iyul kuni soat 01:05 atrofida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Urumchi” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan Xitoy fuqarosi S.J.ga tegishli yo‘l sumkalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida uning yonidan bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, jami 1 dona taxminan miloddan avvalgi III asrda ishlab chiqarilgan Makedonskiy rasmi tushirilgan oq rangli metalldan yasalgan qadimiy tanga borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 1751 yilda Rossiya imperatori Pyotr I hukmronligi davrida Yekaterinburg zarbxonasida zarb etilgan qadimiy tangalarni chet elga olib chiqib ketmoqchi bo‘lganlar ushlangani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
35
0
qalampir.uz

Farg‘onada 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan korxona aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi. Bildirilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida  tadbir o‘tkazilgan. Natijada Marg‘ilon shahrida faoliyat yurit

26 Jul 10:21
 
41
0
xs.uz

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali'muloqot qildi.Suhbat avvalida Turkiya rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, joriy yil 5-6-iyun

23 Jul 11:05
 
59
0
xs.uz

Yer uzum, osmon uzum…

Toqi ishkom misli osmon,Har taraf yulduz sochur.Voh ajab, bu ne sinoat,Yer uzum, osmon uzum.Darhaqiqat, bugun Oltiariq tumani uzum bogʻlarida oʻzgacha fayz va tarovat, oʻxshashi yoʻq goʻzallikning guvohi boʻlasiz. Har yonda moʻl-koʻlchilik, peshonasiga rayhon taqib, qoʻlida gulqaychi tutgan bogʻbonning erta koʻklamdan buyon qilgan mehnati bugun sharbatga toʻlgan bogʻlarda oʻz samarasini koʻrsatmoqda.Ayni paytda Oltiariq tumanida aholi tomorqasi, fermer va dehqon xoʻjaliklari tasa

22 Jul 16:12
 
54
0
xs.uz

Qashqadaryoda qidiruvdagi jinoyatchi qoʻlga tushdi

Unga koʻra, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Yakkabogʻ tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda jinoyat sodir etib, tergov organlaridan yashirinib yurgan shaxs ushlandi. Jumladan, Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, yashirinib yurgan, 'Mustaqillik' mahallasida yashovchi B.N. ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonalariga joylashtirildi.