calendar 15 Jul 12:03
eye 84
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Konditsionerli kupeda konditsionerdan darak yo‘q. Yo‘lovchilar norozi (video)

image

Ijtimoiy tarmoqda kecha, 12 iyul kuni bir nechta o‘zbek kinosi va estradasi yulduzlari yo‘lovchi poyezdning ichki sharoiti yomonligi, jumladan, sovitish tizimi ishlamayotgani, shuningdek, tom qismidan qum tushib, dimog‘iga kirayotganidan shikoyat qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bir guruh san’atkorlar poyezdda safarga chiqqan, ularga konditsioneri bor kupe uchun chipta sotilgan, lekin hech qanday konditsioner bo‘lmagan, balki kupeda havo juda issiq bo‘lgan. Shu sababdan aktyor Alisher Uzoqovning burni qonagan. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning bildirishicha, mazkur yo‘lovchi vagon 1991 yilda qurilgan bo‘lib, o‘rnatilgan tartibda o‘z muddatlarida texnik ta’mirlardan o‘tkazilgan. Ushbu vagonga o‘rnatilgan sovitish tizimi, texnik shartlariga ko‘ra, tashqi havo harorati 40 darajadan yuqorilab ketganda, tizimning sovitish samaradorligi yo‘qolgan.

“Hozirgi kunlarda mamlakatimiz hududi bo‘ylab kuzatilayotgan anomal issiq havo harorati tufayli ayrim vagonlarning sovitish tizimlarida nosozliklar kuzatilmoqda. Videolavhaga tushirilgan poyezdning yo‘l davomida havo harorati +40 darajadan yuqorilab ketganligi sababli sovitish tizimining kompressor uskunasi ishlamay qolgan, natijada vagon sovitilmagan. Poyezd Toshkent-Janubiy vokzaliga yetib kelganidan so‘ng, unga qo‘shimcha qilib soz holatdagi vagon ulandi va yo‘lovchilar ushbu vagonga o‘tkazildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” XX asrda ishlab chiqarilgan yo‘lovchi vagonlarni sovitish tizimlari, ichki intereri, elektr tizimlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun kerakli choralarni ko‘rgan holda, sifatli bo‘lgan texnik jihozlarni o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilayotganligini va vagonlar bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinayotganligini, oxirgi 1 yil davomida zamonaviy talablarga mos bo‘lgan 27 ta yo‘lovchi vagonlar xarid qilinganligini ma’lum qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 18:33
 
76
0
xs.uz

Samarqandda Oʻzbekiston—Qirgʻiziston rektorlarining II forumi oʻtkazildi

' Forumning asosiy maqsadi yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining barqaror rivojlanishiga erishish, ' dedi Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov. ' Mehnat bozorida eng koʻp talab qilinadigan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlashda universitetlarning oʻzaro aloqalari yanada kengaydi.Qirgʻiziston taʼlim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva birgalikdagi saʼy-harakatlar oliy taʼlim va ilm-fan sohasida yangi muvaffaqiyat

15 Jul 21:05
 
203
0
qalampir.uz

Boquvchisi chetga ishlashga ketgan oilalarga bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin

BHMning ikki baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin. Bu haqda joriy yilning 12 iyul kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida muhokamaga chiqarilgan “O‘zbekiston fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasida keltirilgan. Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab Kambag‘allikni qisqartirish va bandli

11 Jul 15:12
 
63
0
xs.uz

Agar deputatlarning taklifi qoʻllab-quvvatlansa, hokimlar kengash raisligidan ketishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi.Maʼlum boʻlishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasida viloyat, tuma

21 Jul 14:53
 
72
0
qalampir.uz

OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning 2024 yil 19 iyuldagi 36-sonli farmoyishi bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Unga ko‘ra: bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 ming 838 nafar; magistratura bo‘yicha – 9 ming 365 nafar grant o‘rinlari ajratilgan. Ma’lumot uchun, joriy yilda kvotalar OTMlar kesimi