calendar 11 Jul 15:12
eye 63
comments 0
comments Manba: xs.uz

Agar deputatlarning taklifi qoʻllab-quvvatlansa, hokimlar kengash raisligidan ketishi mumkin

image
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi.

Maʼlum boʻlishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasida viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi yangi norma oʻz aksini topgan.

Qayd etish kerakki, bu yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda 2023-yildayoq belgilab qoʻyilgan edi. Shunga qaramasdan, xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qilishi kerak boʻlganda ham, viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi holatlari kuzatilgandi.

Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlar chiqilgan qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hokimlar hamda mahalliy Kengashlarning vakolatlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, mahalliy Kengashlar faoliyatiga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, Xalq deputatlari Kengashi raisi oʻz vazifalarini bajarish davrida doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emasligi, kengashlar yigʻilishlarida hokim nomzodi koʻrib chiqilayotganida nomzod mahalliy Kengash deputatlariga hududni rivojlantirish dasturini taqdim etishi shartligi, mahalliy Kengash va hokim qabul qiladigan hujjatlar Yagona elektron tizimda (e-qaror.gov.uz) roʻyxatdan oʻtkazilishi va tizimga joylashtirilishi, roʻyxatdan oʻtkazilmagan hujjatlarning haqiqiy emas, deb hisoblanishi ham belgilanmoqda.

Avvalroq, Toshkent shahri, Yunusobod tumani 'Turkiston-53' saylov okrugida boʻshab qolgan deputatlik oʻrniga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi koʻrsatilgan Shavkat Boʻronovich Umurzakov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylangani aytib oʻtilgandi. Shavkat Umurzakov ayni paytda Toshkent shahar hokimi hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 18:06
 
86
0
qalampir.uz

Sirdaryoda sotuvchi chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirdi (video)

Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi do‘konlardan birida QR-kodli chek so‘ragan bolaga do‘kon sotuvchisi tomonidan tarsaki tushirilgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, kecha, 20 iyul kuni Bolalar ombudsmaniga D.J. ismli ayol murojaat qilib, 13 yoshli o‘g‘li (2011 yilda tug‘ilgan) Guliston shahridagi do‘kondan narsa xarid qilib, QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor

28 Jul 00:28
 
80
0
xs.uz

1-avgustdan Raqamli kriminalistika institutiga bir qator huquqlar beriladi

Unga koʻra, Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutiga quyidagi huquqlar beriladi:- raqamli kriminalistika boʻyicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni oʻtkazish;- jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qoʻyish, saqlash va tadqiq qilish hamda oʻrganilgan maʼlumotlar boʻyicha xulosalar tayyorlash;- raqamli kriminalistika sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni zamonaviy raqamli kriminalistika ekspertiza turlari boʻyicha masofaviy va anʼanaviy tarzda oʻqitish;- raqaml

12 Jul 16:55
 
128
0
xs.uz

Somon qoldigʻini yoqqan shaxs jarimaga tortildi

' Joylarda somon maydonlarini yoqib yuborish bilan bogʻliq 40 dan ortiq holat aniqlandi, ' deydi Namangan viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi rahbari Abdulboqi Ahmedov. ' Aybdorlarga nisbatan 191,8 million soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi.

12 Jul 17:30
 
188
0
qalampir.uz

Abdulla Aripov qozog‘istonlik mavqedoshi bilan uchrashdi

Joriy yilning 11-12 iyul kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 21-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hukumat portalida xabar berildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda so‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shni