calendar 15 Jul 12:03
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan erkakka sud hukmi o‘qildi

image

O‘tgan yili Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning direktori T.U. shu muassasada ishlovchi o‘qituvchining oila a’zolari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. 

Unga tan jarohati yetkazgan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, sudlanuvchi Y.M. 2023 yil 31 avgust kuni soat 17:00 da Sariosiyo tumani, Do‘stlik mahallasida joylashgan 28- umumta’lim maktabi binosiga borib, maktab direktori T.U. o‘tirgan metodik o‘quv xonasiga kirib borib, u bilan hech bir sababsiz janjallashib qolgan. Janjal vaqtida xonada turgan stulni qurol sifatida qo‘llab, ushbu stul bilan direktorning bosh qismi va badanining duch kelgan sohalariga bir necha marta qasddan urib, tan jarohati yetkazgan. Erkakni ajratib, bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi bo‘lgan shu maktabning o‘qituvchisi I.Q. ning ham boshiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Sudlanuvchi Y.M. sudda aybiga iqrorligini bildirib, suddan yengillik so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan kelganligi sababli 2023 yil 1 sentyabr kuni mahallada yashovchi qariyalarni uyiga chaqirib ehson qilishni rejalashtirgan va shu maqsadda 31 avgust kuni soat 14:00 larda Denov shahrida joylashgan dehqon bozoriga borib kerakli narsalarni xarid qilgan. Bozordan qaytishda maktabga kirib, turmush o‘rtog‘iga dars soati kam ajratilganidan jahli chiqib, direktor xonasiga borgan va dars soati nega kamayganini so‘raganida, o‘qituvchi “qo‘lingda quroling bo‘lsa otib tashla, xotining ishlasa shu, ishlamasa katta ko‘cha, arizasini yozib ketaversin, seni kim kiritdi maktabga, chiqarib yuboringlar buni, suf senga” deya javob bergan. Shundan so‘ng, holat sodir bo‘lgan.

Sud sudlanuvchi Y.M.ni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, uni 3 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryoda YPX xodimini haqorat qilgan aka-uka 10 sutkaga qamalgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 15:09
 
112
0
qalampir.uz

Surxondaryoda erkak kamyob sirtlonni o‘ldirib, tabiatga 1 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Surxondaryo viloyatida kamyob yo‘l-yo‘l sirtlonni o‘ldirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda erkakning sirtlonni o‘ldirib, oyog‘idan osib qo‘ygani aks etgan suratlar tarqalgandi. Holatni Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari o‘rgandi. Bildirilishicha, voqea 2023 yilning oktyabr oyi oxiri - no

27 Jul 15:02
 
48
0
xs.uz

“Qamchiq dovoni”da 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Bugun, 27-iyul kuni soat 05:00 larda 'Qamchiq dovoni' hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 247-kilometrida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.Manbaga koʻra, haydovchi, 1983-yilda tugʻilgan А.К. CAMC rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi sababli oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan 'Isuzu' hamda 'Howo' rusumli yuk avtomobillari bilan toʻqnashgan va yoʻlning qarama-qarshi tomoni

27 Jul 12:24
 
73
0
qalampir.uz

O‘zbekistonliklar asosan nimadan vafot etayotgani aytildi

Statistika agentligi 2024 yil yanvar-iyun oylarida o‘zbekistonliklar o‘limiga asosan nima sabab bo‘layotganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 100 000 nafar  aholiga jami vafot etgan erkaklar soni 238,6 nafarni, ayollar esa 201,6 ni tashkil qilgan. Shulardan 58,4 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,4 foizi – o‘simtalardan, 6,6 foizi – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,3 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,1 fo

11 Jul 11:07
 
50
0
qalampir.uz

Tender yutib berish evaziga tadbirkordan 4 mlrd so‘m talab qilgan shaxs ushlandi (video)

Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i, Qibray tumanida faoliyat yurituvchi xususiy korxona rahbari, Navoiyda viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik bo‘linmasi katta tezkor xodimi, Yangiyerda IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi katta inspektori korrupsiya bilan bog‘liq holatlar yuzasidan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i 2023 yilning may oyidan 2024 yilnin