calendar 15 Jul 15:09
eye 112
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda erkak kamyob sirtlonni o‘ldirib, tabiatga 1 mlrd so‘m zarar yetkazdi

image

Surxondaryo viloyatida kamyob yo‘l-yo‘l sirtlonni o‘ldirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda erkakning sirtlonni o‘ldirib, oyog‘idan osib qo‘ygani aks etgan suratlar tarqalgandi. Holatni Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari o‘rgandi.

Bildirilishicha, voqea 2023 yilning oktyabr oyi oxiri - noyabr oyi boshlarida Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Obodon” mahallasida “Takatosh” massivida fuqaro Sh.X. tomonidan sodir etilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bir bosh noma’lum hayvonning suyaklari topilib, ular qaysi hayvon turiga tegishliligi borasida ilmiy xulosa olish maqsadida tegishli tashkilotlarga jo‘natilgan. Xulosa olingach, hujjatlar chora ko‘rish maqsadida prokuratura organlariga yuboriladi. Fuqaro ushbu xatti-harakatlari bilan tabiatga 1 milliard 60 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasiga ko‘ra, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni nobud qilish eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”, deya qo‘shimcha qildi vazirlik.


Eslatib o‘tamiz, oldinroq Navoiy viloyatining Konimex tumanida noqonuniy ravishda 218 bosh baliq ovlab, tabiatga 1 mlrd 240 mln so‘m zarar yetkazgan shaxs aniqlangandi.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 16:37
 
70
0
qalampir.uz

Kelasi yil Farg‘onada paxta ko‘chatlab ekiladi

Kelgusi yili Farg‘ona viloyatidagi barcha paxta maydonlarida Shinjon-Uyg‘ur tajribasi asosida paxtani ko‘chatlab ekish texnologiyasi joriy qilinadi. Bu haqda bugun, 12 iyul kuni Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi. Bildirilishicha, so‘nggi uch yilda viloyatdagi 110 ming aholiga dehqonchilik qilish uchun 25,5 ming gektar yer beril

27 Jul 19:32
 
62
0
xs.uz

Hafta boshida ham issiq ob-havo saqlanib qoladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, 29-iyulda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 30-31-iyulda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-iyulda +20html5-dom-document-internal-entity1-hellip-end+25 daraja, 30-31-iyulda +18...+23 daraja, ku

11 Jul 15:12
 
83
0
xs.uz

Agar deputatlarning taklifi qoʻllab-quvvatlansa, hokimlar kengash raisligidan ketishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi.Maʼlum boʻlishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasida viloyat, tuma

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda do‘kon egasi bolaga tan jarohati yetkazdi (video)

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida do‘kon egasi voyaga yetmagan 12 yoshli bolani kaltakladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 iyun kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.A. onasi S.N. tomonidan xarid uchun savdo do‘koniga yuborilgan. Do‘kon egasi 1976 yilda tug‘ilgan O.G‘. ismli erkak esa bolaning boshiga hech kim yo‘q joyga nega kirganligini so‘rash vaji bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. &n