calendar 15 Jul 12:03
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Raqobat qo‘mitasi poyezddagi noqulayliklarni nazoratga olganini e’lon qildi

image

Avvalroq, bir nechta o‘zbek san’atkorlari yo‘lovchi poyezdning sharoiti yomonligi, jumladan, sovitish tizimi ishlamayotgani, tom qismidan qum tushib, nafas olishga xalal berayotganidan shikoyat qilgandi. Raqobat qo‘mitasi hozirda ushbu vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bu holatlarni o‘rganish va aniqlik kiritish bo‘yicha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga tegishli tartibda so‘rov yuborgan.  Hozirda qo‘mita tomonidan bu kabi holatlar yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilayotgani aytiladi.

“Yuqoridagi holatlar ham shu o‘rganishlar doirasida ko‘rib chiqilishini va ushbu holatlar qo‘mitaning nazoratiga olinganligini ma’lum qilamiz. O‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yo‘lovchi vagon juda eski ekani, shuningdek, o‘rnatilgan sovitish tizimining texnik shartlariga ko‘ra, tashqi havo harorati 40 darajadan ko‘tarilganda tizimning sovitish funksiyasi yaxshi ishlamaganini bildirgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 15:00
 
94
0
xs.uz

Fargʻona yirik sanoat markaziga aylanmoqda — Fotoreportaj

Davlat rahbari viloyatga tashrifini yangidan ochilgan Qoʻqon aeroporti bilan tanishishdan boshladi.Joriy yil mart oyida Qoʻqon aeroporti ham yangidan ochilgan edi. 11-iyul kuni Oʻzbekiston Prezidentining samolyoti ilk bor bu yerga qoʻndi.Mazkur aeroport 1977-yilda qurilgan boʻlib, yaqin yoʻnalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Keyinchalik faqat harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan. Modernizatsiya natijasida ushbu aeroport orqali yana fuqaro aviatsiyasi parvozlari yoʻlga qoʻyil

22 Jul 10:52
 
44
0
xs.uz

Toyloqda “Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlarga yordam berildi

' Issiqxonaga fevral oyida pomidor koʻchat ekib parvarishlaymiz, ' deydi M.Axmedova. ' 'Ilik uzildi' pallada hosil pishib yetiladi. Bu vaqtda bozorlarda pomidorning narxi ancha baland boʻladi. Avgust sentyabr oyida bodring ekib, hosil olamiz.Abdullayeva Feruzabonu ham mahallaning faol tadbirkor ayollaridan. U xonadonidan oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini ochib, 2 ta ish oʻrni yaratdi. Hozirda 25 nafar bolajonlarga taʼlim-tarbiya berib, koʻpning duosini olmoqda.Mahallada 4364 nafar ah

24 Aug 17:26
 
9
0
xs.uz

“Oʻzenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi

Hujjatga koʻra, elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini ('Oʻzenergoinspeksiya') Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi. U yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.Inspeksiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:'Oʻzenergoinspeksiya'ning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Energiya samaradorligini

11 Jul 19:11
 
83
0
xs.uz

Gilambob ogʻir hudud toifasidan chiqarildi

Joriy yilda viloyat hokimligi tomonidan mahallada 'Obod xonadon', 'Obod koʻcha', 'Obod mahalla' mezonini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.Jumladan, zamonaviy mahalla guzari, oilaviy poliklinika, maktab, bogʻcha, hunarmandchilik markazi, goʻzallik saloni, maishiy xizmat koʻrsatish va tadbirkorlik obyektlarining qurilgani mahalla ahlini xursand qildi. Yoʻlaklar tartibga keltirilib obodonlashtirildi. Yuzlab mevali va manzarali dara