calendar 11 Jul 19:11
eye 85
comments 0
comments Manba: xs.uz

Gilambob ogʻir hudud toifasidan chiqarildi

image
Joriy yilda viloyat hokimligi tomonidan mahallada 'Obod xonadon', 'Obod koʻcha', 'Obod mahalla' mezonini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, zamonaviy mahalla guzari, oilaviy poliklinika, maktab, bogʻcha, hunarmandchilik markazi, goʻzallik saloni, maishiy xizmat koʻrsatish va tadbirkorlik obyektlarining qurilgani mahalla ahlini xursand qildi. Yoʻlaklar tartibga keltirilib obodonlashtirildi. Yuzlab mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Bolalar oʻyingohlari tashkil qilindi. Ichki yoʻllar asfaltlandi. Koʻchalarga tungi yoritgichlar oʻrnatildi.

Quvonarlisi, mahallada yaratilgan imkoniyatlardan aholi unumli foydalanishga intilmoqda. Hozir mahallada qizil tol novdalaridan sanʼat darajasida savat toʻqishda Asliddin Xolmatovga yetadigani yoʻq. Shu hunar ortidan mahalladoshlari orasida hurmat qozondi.

' Dastlab saralab olingan qizil tol novdalari katta qozonda qaynatiladi, ' deydi hunarmand Asliddin Xolmatov. ' Maʼlum vaqtdan keyin novdalar qozondan chiqarilib quritiladi. Har bir novdaga ishlov beriladi. Savatlar toʻqiladi. Hozirgi kunda savatning 20 tadan ortiq turini tayyorlaymiz. Bir dona savat hajmiga qarab 1-2 soat vaqt oraligʻida tayyor boʻladi. Bir kishi kunda 5-6 ta savat toʻqiydi. Ularning har birini 50-60 ming soʻmdan sotamiz. Asosan, Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi xaridorlarga yetkazib beramiz. Muhimi, oilamiz bandligi taʼminlangan. Shogirdlarim koʻp. Mahalladagi qiziquvchi yoshlar hunar oʻrganmoqda. Faoliyatimni kengaytirib, yangi ish oʻrinlari yaratishni maqsad qilganman. Gilambob bugun tanib boʻlmas darajada oʻzgardi. Bu yerda nafaqat infratuzilma, balki odamlarning ham dunyoqarashi yangilandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 18:27
 
56
0
qalampir.uz

Dollarning rasmiy kursi pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,00 so‘mga pastladi va 12 593,04 so‘mni tashkil qildi. Shu bilan birga, Yevro kursi ham 4,64 so‘mga arzonlab, 13 716,34 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa, aksincha, 0,54 so‘mga yuqorilab, 143,82 so‘mni tashkil etdi.

19 Aug 07:03
 
12
0
xs.uz

Bugun Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja issiq bo'ladi.Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo'ladi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biro

24 Aug 17:26
 
9
0
xs.uz

Endilikda aholi va tadbirkorlarga majburiyat yuklaydigan hujjatlar yozilishidan oldin baholanadi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 'Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Farmoni qabul qilindi.Farmon 243 ta qonunchilik hujjatidagi oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, samaradorligi yuqori boʻlmagan va amalga oshirish mexanizmlari bilan taʼminlanmagan hamda korrupsiyaviy xatarlarni kelitirib chiqarishi mumkin boʻlgan 350 ta norma va huquqiy boʻshliqlarni bekor qilishni nazarda tuta

19 Aug 07:03
 
18
0
xs.uz

Paxtachilik iqtisodiyotning erkin tarmogʻiga aylanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Alisher Shukurov bilan suhbat.Davr shiddatkor. Bugungi yangilanishlar aqlni shoshirib qoʻyyapti. Yurtimizda kechayotgan hayotiy islohotlar esa mamlakatni, odamlarni va yurt jamolini shunchalik oʻzgartirib yubordiki, ertaga emas, bugun yaxshi yashash kerak degan tamoyil tom maʼnoda oʻzini oqlay boshladi. Ammo tan olish kerak, globallashuv jarayoni, dunyodagi turli ziddiyatlar, iqlim oʻzgarishi, oziq-ovqat yetishmovchiligi, cho