calendar 15 Jul 12:03
eye 136
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi

image

"Henley & Partners" xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida O‘zbekiston 79-o‘rinni egalladi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda fuqarolik pasportiga ega bo‘lganlar 64 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda kirish imkoniga ega. 2023 yilda O‘zbekiston ushbu reytingda 78-o‘rinni band qilgandi. Shu yilning boshidagi ma’lumotlarga ko‘ra esa 80-o‘rinda bo‘lgan.

O‘zbekistondan tashqari Kuba, Mongoliya va Mozambik kabi mamlakatlar ham 79-o‘rinda qayd etilgan.

Reytingda birinchi o‘rinni Singapur pasporti egallagan bo‘lib, ushbu mamlakat fuqarolari 195 ta mamlakatga vizasiz kirish imkoniyatiga ega. Reytingda ikkinchi o‘rinni esa Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Ispaniya (194 ta davlatga vizasiz kirish) band qilgan. Avstriya, Finlyandiya, Islandiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Janubiy Koreya va Shvetsiya esa 193 ta davlatga vizasiz kirish imkoniyati bilan reytingning uchinchi o‘rnini egallagan.

Shuningdek, Ukraina 32-o‘rin (149 ta davlat), Rossiya 50-o‘rin (120 davlat), Turkiya 51-o‘rinni (118 davlat) qayd etgan.

Markaziy Osiyo davlatlarining pasport reytingidagi o‘rni quyidagicha:

  •  Qozog‘iston 67-o‘rin (79 ta davlat);
  •  Qirg‘iziston 78-o‘rin (65 ta davlat);
  •  Tojikiston 82-o‘rin (60 ta davlat);
  •  Turkmaniston 90-o‘rin (52 ta davlat);

Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 11:32
 
81
0
xs.uz

Olim Saidov Respublika “GAI” rahbarligidan ketdi

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimiga polkovnik Sherzod Shokirovich Ibragimov tayinlandi.Tayinlovga qadar Sherzod Ibragimov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.Olim Saidov 2019-yil noyabr oyidan shu kungacha IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgandi. Bunga qada

29 Jul 16:48
 
109
0
xs.uz

Sirdaryoda 21 tup qayragʻoch daraxtini kesganlar ozodlikdan mahrum qilindi

Qayd etilishicha, М.А. sheriklari bilan oldindan til biriktirib, 2023-yilning dekabr va 2024-yilning yanvar oylarida oʻziga qarashli boʻlgan dala maydoni chetida koʻkarib turgan jami 21 tup qayragʻoch daraxtlarini qonunga xilof ravishda kesib, sotib yuborganligi aniqlangan. Ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.Daraxtlar kesilishi natijasida tabiatga 1 milliard 459 million 144 ming soʻm zarar yetkazilgan.'S

27 Jul 21:45
 
68
0
qalampir.uz

Toshkentda bemor va uning ikki do‘sti shifokorlarni do‘pposladi

Bugun, 27 iyul kuni Toshkent shahrida 27 yoshli bemor va uning do‘stlari shifokorlarni do‘pposladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bugun soat taxminan 07:20 larda 1-son shahar klinik shifoxonasi qabul bo‘limiga 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro B.I. ikki  nafar o‘rtog‘i – P.I. va S.B.lar hamrohligida olib kelingan. Bemor zudlik bilan navbatchi travmatolog-shifokor A.A. tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

20 Jul 11:00
 
87
0
qalampir.uz

Moped, skuter va 103 mashinalari uchun alohida davlat raqamlari joriy etilmoqda

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam avtomobillari, elektromototsikl, moped va skuter uchun alohida davlat raqam belgilari joriy etiladi. Bu haqda joriy yilning 17 iyul kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorida keltirilgan. Qarorga ko‘ra: Yo‘l harakati qoidalariga elektromototsikl, skuter va individual harakatlanish vositalarida haraka