calendar 15 Jul 12:03
eye 66
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Matiz yonib ketishi oqibatida dalaga o‘t ketdi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida Matiz avtomobili yonib ketishi oqibatida yo‘l yoqasidagi dalaga ham o‘t ketganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 12 iyul kuni Samarqand tumanida sodir bo‘lgan. Soat 16:28 da tumanning “Yangi ariq” MFY hududidan harakatlanib ketayotgan fuqaro J.O boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli mashinada yong‘in chiqqan. Oqibatda yo‘l yoqasidagi I.A.S. fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan yerda yong‘in yuzaga kelgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan yong‘in haqidagi xabarga asosan, voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilib, soat 16:37 da yong‘in o‘rab olingan va soat 17:18 da batamom o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 8 gektarlik g‘alladan bo‘shagan yer maydonining 1 gektar qismi yonib ketgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 17:09
 
48
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy” ishi: sudya tergovchiga nisbatan xususiy ajrim chiqardi

Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va uning sheriklariga oid ishni ko‘rgan sudya dastlabki tergovni olib borgan tergovchi ustidan xususiy ajrim chiqargan. Bu haqda sudda qatnashgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Tolibjon Obidovning ma’lum qilishicha, sud dastlabki tergov organi tomonidan tergovni olib borishda yo‘l qo‘ygan protsessual xatoliklar ustidan tergov

19 Jul 13:48
 
74
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy”ning akasi 10,5 yilga qamaldi

Bugun, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy”ga oid ish bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinmoqda. Mazkur ish doirasida Baxtiyor Qudratullayevning akasi Shuhrat Qudratullayev 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi. Sud hukmiga ko‘ra, Shuhrat Qudratullayev xavfli retsidivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan. Davlat ayblovc

20 Jul 17:08
 
70
0
qalampir.uz

Maqsad abituriyentlarni yiqitishmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi vaqtlarda test sinovlarida qatnashgan abituriyentlar huquq fanidan testda darsliklarda mavjud bo‘lmagan ma’lumotlardan, xususan, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar tushganligi to‘g‘risida shikoyat qilishmoqda. QALAMPIR.UZ shu vaziyat yuzasidan vujudga kelgan savollar bilan Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarovga yuzlandi.  Uning so‘zlariga ko‘ra, u test topshiriqlari bilan hali tanishib ulgurmagan, savollariga ma

28 Jul 14:15
 
85
0
xs.uz

Toshkentda erkak 7 tup 35 mln soʻmlik qoraqaragʻayni oʻgʻirlab ketdi

Maʼlum qilinishicha, Yunusobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga joriy yilning 6-iyul kuni nomaʼlum kimsa 51-yoshli E.V.ga tegishli fermer xoʻjaligi hududiga kirib, 7 tup 35 mln soʻmlik qoraqaragʻayni oʻgʻirlab ketgani haqida xabar kelib tushgan.Koʻrilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlangan 35 yoshli T.D. (erkak) ushlangan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻirlik) bilan jinoy