calendar 15 Jul 12:03
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Andijondagi Shaxrixonsoydan noma’lum qizning jasadi topildi (video)

image

Andijon viloyatida sel oqibatida odam vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati rahbari kapitan Hayotbek Rahimov bilan bog‘landi.

Ma’lum qilinishicha, haqiqatdan ham viloyatdagi Shaxrixonsoydan voyaga yetmagan qizning jasadi topilgan. Hozirda viloyat ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati va O‘sh shahrida bugun, 14 iyul kuni kuchli sel kelishi kuzatilib, Toloykon qishlog‘i va “Bo‘riboy-ota” dam olish maskanida bozor va yo‘llar suvga to‘lgandi. Voqea joyiga 46 nafar qutqaruvchi yetib borgan va joylarda qolib ketgan 420 kishi evakuatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kuchli sel tufayli Andijon viloyatining Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari o‘rtasidagi Yorqishloq qishlog‘ida ko‘prik qulab tushgani haqida xabar berilgandi.  


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 12:12
 
91
0
qalampir.uz

Toshkent viloyatida 17 yoshli narkotik kureri ushlandi

Toshkent viloyatida 17 yoshli narkotik kureri ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2007 yilda tug‘ilgan fuqaro nazoratdagi xaridorga 70 dona “Aminometil” hamda 3 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 4 mln 300 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Uning yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifat

26 Jul 10:20
 
44
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi

22 Jul 16:12
 
60
0
xs.uz

Akademik litseylarga kirish test sinovlari boʻlib oʻtadigan sanalar eʼlon qilindi

Test sinovlari uchun 1-smena ' 09:00da, 2-smena ' 15:00da boshlanadi. Test sinovlari taʼlim yoʻnalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash boʻyicha oʻtkaziladi. Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirigʻi va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga 2 soat vaqt ajratiladi.Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab oli

19 Jul 23:33
 
85
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 20-iyul kuni havo harorati 40 darajadan oshmasligi kutilmoqda

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekun